26
Sh.Shomuhamedov olim, tarjimon va shoir sifatida 40 yil davomida barakali ijod etib, 76 ta kitob
yaratdi. Bulardan 21 tasi klassiklar va hozirgi zamon Eron adabiyoti namoyandalari ijodi haqidagi
tadqiqotlardan, 10tasi hikoyalar va she’rlar to’plamidan, 5tasi fors-tojik adabiyoti klassiklari asarlaridan
qilingan tarjimalaridan iborat.
Sh.Shomuhamedov ning qator asarlari Amerika, Afg’oniston, Pokiston, Chehoslavakiya, Bolgariya kabi
chet mamlakatlarda ham chop etilgan.
Asosiy ilmiy asarlari.
1.
Ehson Tabariy , T., 1959.
2.
Umar Xayyom (hayoti va ijodi), T., 1962.
3.
Abdurahmon Jomiy (hayoti va ijodi) T., 1963.
4.
Fors-tojik adabiyoti klassiklari, T., 1963.
5.
Sa’diy Sheroziy (hayoti va ijodi) T., 1964.
6.
Hofiz Sheroziy (hayoti va ijodi) T., 1965.
Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” kitobi rustamona jasorat mahsulidir. “Shohnoma” asari jahon
adabiyotida eng katta epik doston
Insoniyat badiiy fikrining ulug’ mevasi bo’lgan Firdavsiy “Shohnoma”si 60 ming baytdan iborat. U jida
katta afsonaviy va tarixiy hujjatlarni qamrab olgan. Unda 50 podsholikdan iborat 4 sulolaning mufassal tarixi
buzilmas mantiq va tartib bilan bitib berilgan.
“Shohnoma”ga formal qaraganda undagi qissalar shohliklarga bo’linib olib boriladi. O’zi ham “Shohlar
haqida kitob” deb ataladi. Ammo uning mazmuniga husgyorroq nazar tashlansa, uning xalq hayolida
yaratilgan va xalq qalbida ardoqlanib kelayotgan qadimiy qahramonlar, epik bahodirlar, oddiy mehnat ahli
vakillari haqidagi qissalardan iborat ekanligini idrok etish unchalik mushkul emas.
Abulqosim firdavsiy nomi jahonga mashhur. Uning Yevropa kitobxonlari qalbini maftun etganiga ham
ikki asrdan oshdi. Shrqda esa u ming yildan beri kishilar zavqi-shavqini qo’g’ab, fikru o’yi, orzu-umidlariga
madad berib kelmoqda. Shoirga boqiy umr, nomiga bezavollik baxsh etgan asar uning “Shohnoma”sidir. U
faqat forsiy tilda so’zlashuvchilar orasidagina emas, balki butun O’rta va Yaqin Sharq, bora-bora esa, butun
jahon shuhratiga muyassar bo’ldi.
Firdavsiyning yoshi 60 ga yaqinlashganida o’z asaridagi lirik chekinishlaridan birida qarib qolganidan
shikoyat qilib deydi:
Falakdan o’tinchim bevafo olam,
Zulmidan necha yil omonlik topsam.
Bu qadimiy mashhur nomadan jahon,
Ahliga qoldirsam yaxshi bir doston.
Kim suxan mulkini aylasa obod,
Adolatda nomim etar erdi yod.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Sh.Shomuhamedov “Shohkitob va uning muallifi” Risola. Tosh.G’.G’ulom nash.-1992.
2.
A.Firdavsiy “Shohnoma” tanlangan dostonlar. Tosh.G’.G’ulom san’at nash.-1984.
3.
Sh.Shomuhamedov “Mumtoz Fors Adabiyoti (X-XV asrlar)” o’quv qo’llanma. Tosh-2011.
Do'stlaringiz bilan baham: |