5-MAVZU. XVI-XVIII ASRLAR TARJIMACHILIGI
Shariat qonunlariga oid «Tarjimai Barchandiy sharhi «Muxtasarul-viqoya» Barchandiyning
«Muxtasar viqoya» sharhining tarjimasi)] asarining ikkinchi jildi tarjima bo‘lgan. Bu kitob hijriy 1311 yili
domla Bekmuhammad tomonidan tarjima qilinib, o‘sha yili ko‘chirilgan, asarning hajmi 496 bet. Bu
qo‘lyozmaning ikki nusxasi Sharqshunoslik instituta fondida mavjud.
Garchand revolyusiyaga qadar «Qur’on» o’zbek tiliga tarjima etilmagan bo‘lsa ham, uning ba’zi bir
tafsir, sharhlari ag‘darilgan edi. Masalan («Tafsiri «Qur’on») 1261 yilda ko‘chirilgan, tarjimoni noma’lum.
Surayi Maryamdan surayi maloikaga qadar bo‘lgan tafsir ham o’zbekchaga ag‘darilgan, hajmi 248 bet.
Bunday tafsirlar fors-tojik tiliga ham tarjima qilingan. Bundan tashqari, Abdurahmon Jomiyning tafsiri ham
bor.
«Qur’on»ning «Baqra» surasidan «Moida» surasiga qadar fors va o’zbek tiliga tarjimasi bor. Uning
tarjimoni, qachon tarjima qilingani ham ma’lum emas, hajmi 207 bet.
XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Buxoro, Toshkent va fargonada arab, fors-tojik tillaridan o’zbek
tiliga tubandagi badiiy asarlar tarjima qilindi:
(«Jangnomai Abu Muslim») asarining tarjimasi hijriy 1332 yilda mulla Pardaboy tomonidan
ko‘chirilgan (236 bet), tarjimoni va qachon tarjima qilingani ma’lum emas.
Shoir Xiromiy xind shoiri Xisrav Dehlaviyning «Chor-darvesh» nomli asarini she’riy yul bilan erkin
tarjima qilgan. Bu qo‘lyozma (Chahor darveshi» Xiromiy») degan nom bilan 1272/1855 yilda ko‘chirilgan,
hajmi 270 bet.
«Chor darvesh»ni shoir Siddiq ham nasr va nazm aralash tarjima qilgan. Bu tarjimadan ba’zi bir
parchalar va Xiromiy tarjimasidan ayrim namunalar «O’zbek adabiyoti» to‘plamining IV tom, II kitobida
bosilgan.
«Kitobi chahor darvesh» (To‘rt darvesh kitobi) yoki «Qissai Chahor darvesh» (To‘rt darvesh
qissasi)] shoir Xisrav Dehlaviyning asari bo‘lib, uni kimdir tojik xalq tilida sodda qilib qayta ishlagan. Bu
variant da hikoyalar she’riy parchalar bilaQo‘shib beriladi. Asar o‘zbekchaga ham tarjima qilingan, ammo
tarjimonning nomi ma’lum emas.
Biz yuqorida Barxurdor bin Mahmud turkmani Faraxiy Mumtozning «Mahbubul-qulub» Qo‘ngi-
“Boburnoma tarjimalari” XVI asr Hindiston tarixiga oid (“Tabaqoti Akbarshohiy”) kitobini Ogahiy o‘zbek
tiliga tarjima qilgan. Muhammad Mehdiy Astrobodiy bin Muhammad Nosir 1736—1747 yillar ichida
hukmronlik qilgan Nodirshohning tarixini yozgan. Bu asar (“Tarixi jahonkushoyi Nodiri”) yoki («Tarixi
Nodiri") deb ataladi. Uni Ogahiy fors tilidan o‘zbekchaga tarjima etar ekan, «Tarixi Nodiri" deb qisqartib
olgan. (Ikkinchi qo‘lyozma nusxasi 1227 raqam bilan Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida
saqlanmoqda).
XVIII asrning boshlarida Muhammad Yusuf Munshi bin xo‘ja Baqo yozgan (“Tarixi Muqimxoniy”)
nomli asarni Ogahiy tarjima qilgan. Shoir o‘zining devoniga yozgan muqaddimasida bu kitobni (“Tazkirai
Muqimxoniy”) nomi bilan tarjima qilganini aytib o‘tadi. Atoullo bin Fazullo Husayniy (“Ravzatul-ahbob"),
varaqlar. Usmonli turk tilidan tarjima qilingan katta asarlardan biri Ibrohim Haqqiyning (“Tarixi umumiy”)
nomli asaridir. Bu asar Istanbulda 1889 yilda bosilgan, uni 1908 yilda domla Ro‘zmuhammad Xorazmiy
Firuzning topshirig‘i bilan tarjima qilgan.
Buxoro tarixiga oid bo‘lmish “Abdullonoma” ba’zan («Sharifnomai shohiy") deb ham ataladi) nomli
kitob ham o‘zbek tiliga ag‘darilgan. Afsuski, tarjimonning nomi ko‘rsatilmagan.
Muhammad Amin bin Muhammad Zamoni Buxoriyning Buxoro tarixiga oid “Muxitut-tavorix”
tarjimasi (Tarixlar okeani) nomli ikki tomdan iborat asari ashtarxoniylar davrida bo‘lib o‘tgan tarixiy
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |