asoslari”, T., 2008.
asoslari”, T., 2008.
Tarjimashunoslik
11
TARJIMASHUNOSLIK FANIDAN
ma’ruzalar matni
1-MAVZU. TARJIMASHUNOSLIK FANINING PREDMETI VA MAQSADI
Tarjimashunoslik umumfilologik fan sifatida
1965 yil 15 dekabrda O‘zbekistonda «Respublikada badiiy tarjima sifatini yanada yaxshilash
tadbirlari haqida» maxsus qapop qabul qilindi. Qarorga binoan universitetlar hamda boshqa bir qancha
pedagogika institutlarida tarjima nazariyasi va amaliyoti yuzasidan fakultativ darslar tashkil etish lozim deb
topildi. 1966—1967 uquv yilida ToshDU hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
filologiya fakultetining IV kursida ilk daf’a qiyosiy uslubiyot va tarjima buyicha maxsus kurs o‘qildi.
1969—1970 o‘quv yilida ToshDUning jurnalistika fakultetida tarjima nazariyasi va redaksiya-
nashriyot ishlari kafedrasi tashkil etildi. U 1973—1974 o‘quv yilidan boshlab tarjima nazariyasi, radio va
televidenie kafedrasiga aylantirildi. Nihoyat, 1975—1976 o‘quv yilidan e’tiboran shu universitetning
filologiya, jurnalistika, sharq, roman- german tillari fakultetlarida taxsil kurslari, amaliy mashg‘ulotlar olib
boradigan mustaqil tarjima nazariyasi kafedrasi qaror topdi va u filologiya fakulteti bazasida faoliyat kursata
boshladi.
1972 yil 18 iyulda «Mamlakatda oliy ta’limni yanada takomillashtirish tadbirlari haqida» maxsus
qapop qabo‘l qildi. 1972 yil 1 sentyabrda xukumat shu masala yuzasidan tegishli tadbirlarni belgiladi.
Shundan keyingi yillar ichida mamlakat oliy maktablarining o‘quv planlari birmuncha yangilandi, ularda,
ayniqsa, fanning yangi tugilayotgan istiqbolli sohalariga kengroq yul ochishga alohida e’tibor beriladigan
bo‘ldi.
Davlat universitetlarida tarjimashunoslik fanlarining o‘qitilshi bilan bog‘liq ahvol hozirgi vaqtda
quyidagicha:
roman-german filologiyasi va sharq tillari fakultetlarida tarjima nazariyasi va amaliyoti umumiy
majburiy predmet (70 soat) sifatida o‘quv planlaridan mustahkam o‘rin olgan;
ularda maxsus o‘quv-tarjima va yalpi tarjima praktikalari joriy etilgan;
universitetni bitiruvchi talabalar, o‘zlarining asosiy ixtisoslaridan tashqari, qo‘shimcha ravishda
tarjimon degan ixtisosga ham ega bo‘lganlar;
jurnalistika fakultetlarida yangi tarjimachilik ixtisosi paydo bo‘ldi, o‘quv planida bir qancha tar-
jimashunoslik predmetlaridan tahsil kurish nazarda tutilgan;
Hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ham tarjimachilik ixtisosi
rasmiylashtirilishi barobarida, maxsus tarjima guruhalari tuzildi. Ularda tarjima tarixi, tarjima nazariyasining
turli davrlari, sohalari, janrlari va yirik problemalari maxsus kurslar, maxsus seminarlar tarzida o‘qitilmoqda.
1976—77 o‘quv yilining boshidan tarjima gruhalari tashkil etilishi munosabati bilan ularda tarjimashunoslik
buyicha yalpi majburiy kurslar joriy etilgan;
umumuniversitet miqyosida, barcha tabiiy va gumanitar fanlar fakultetlarida, lisoniy tahsil
chuqurlashtirilgan maxsus programma asosida olib borilgan bo‘lsa, ularning bitiruvchilariga ham tarjimon
degan qo‘shimcha guvohnoma berish huquqi rasmiylashtirildi.
Xullas, agar ilgari ayrim tilshunos olimlar (prof. A. A. Reformatskiy) tarjimashunoslikni mustaqil
filologik fan sifatida e’tirof etmagan bo‘lsalar, endilik-da boshqa xavf tugildi: kuni kecha bu predmetni «tan
olmagan» tor filolog mutaxassislar o‘zlarini «tarjimashunos» deb e’lon qila boshladilar. Ular
tarjimashunoslikni «odatdagi» til yoki adabiyot predmetlarining biri deb tushunib, yangi o‘quv planlaridagi
tarjima foydasiga bo‘lgan o‘zgarishning mohiyati, maqsadi, xususiyati hamda bulardan kelib chiqadigan
tadbirlarning mazmuni va mundarijasini durust idrok etmaydilar.
O‘zbekistonda tarjimaning, xususan, badiiy tarjimaning nazariy masalalari ancha keng o‘rganildi.
Bizda hozir ilmiy darajaga ega bo‘lgan 30 dan ortiq tarjimashunos mutaxassis bor, o‘nlab monografiyalar,
to‘plamlar, yuzlab ilmiy maqolalar nashr qilingan.
Rus tarjimashunosligida, bu sohadagi qamrovi keng amaliy faoliyatga muvofiq holda, katta ishlar
qilingan. Ustod tarjimashunos olim A. V. Fyodorovning «Umumiy tarjima nazariyasi asoslari» darsligi, Yu.
M. Katser, V. A. Kunin, Ya. I. Resker, V. N. Komissarov, L. S. Barxudarov, V. N. Krupnov, R. K. Minyar-
Beloruchev, S. S. Tolstoy, M. M. Morozov, A. D. Shveyser va boshqa ko‘p olimlarning Garbiy Yevropa
tillaridan rus tiliga (va aksincha) qilingan tarjimalar sohasidagi ulkan tajribani o‘rganish asosida barpo
etilgan turli-tuman darslik, o‘quv qullanmalari mavjud. Xatto o‘rta maktablarda tarjimaviy ta’lim masalasiga
bag‘ishlangan ishlar ham bor. (Masalan, N. D. Cheburashkinning bir qancha pred- metlar ingliz tilida olib
boriladigan maktablarning IX—X sinflari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan «Maktabda texnikaviy tarjima»
kitobi, Moskva, «Prosveshenie» nashriyoti, 1972). Bulardan tashqari, Gruziyada marhum G. R.
Gachechiladzening «Badiiy tarjima nazariyasiga kirish» (Tbilisi, 1970) nomli asari ma’lum. Jumaniyoz