Tarjimashunoslik fanining nazariy ildizlari
Ikki ming yil muqaddam yunoniy Liviy Andronik buyuk Gomerning «Odisseya»sini lotin tiliga
o‘girgan. Bu bilan u amaliy tarjimachilik faoliyatiga asos solibgina qolmay, balki birinchi bo‘lib tarjima
nazariyasining og‘ir masalalariga duch kelgan ham. Biroq Yevropada tarjima problemalari faqat VIII—IX
asrlardan boshlab chinakamiga e’tiborni torta boshladi. Bu davrda tarjima nazariyasi fan sifatida endigina
bolalik davrini o‘tay boshlagan edi. Tarjimani ilmiy idrok qilish masalasi bilan ming yillardan buyon
shug‘ullanib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, hanuzgacha chin ma’nodagi tarjima nazariyasi o‘z o‘rnini
topgan emas.
Tarjima nazariyasi sohasidagi salmoqli ilmiy tafakkur ayniqsa XX asirning ikkinchi choragida tez rivoj
topa boshladi. Chet ellarda tarjimaning nazariy problemalarini chuqurroq ishlab chiqish ham xuddi shu
davrga to‘g‘ri keladi. Jon Ketfordning Edinburgda o‘qigan leksiyalari va Oksfordda nashr qilingan «Tar-
jimaning lingvistik nazariyasi» (London, 1965) monografiyasi, Jorj Munenning‘ fransuz (Parij, 1963) hamda
italyan (Turin, 1965) tilida doktorlik dissertatsiyasi asosida chop etnlgan «Tarjimaniig nazariy problemalari»
degan asarlarni bu sohadagi katta yutuqlardan hisoblanadi.
To‘g‘ri, chet elda tarjimachilik faoliyatini nazariy tomondan idrok etish bo‘yicha urinishni oldinroq
Yujin Naydaning Tavrot tarjimalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishida (Nyu-York, 1947) kuzatish mumkin.
Ammo bu tarjma problemalariga lisoniy prinsiplar nuqtai nazaridan pragmatik yondashish edi, xolos. 1969
yili Yujin Nayda va Charlz Teybor Londonda «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» degan kitobni nashr qildilar.
Unda lingvistikani tarjimaga tatbiq etish va foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadigan nazariy xulosalar
har tomonlama pishitildi.
Angliya va Fransiyadan tashqari, tarjima nazariyasi Germaniya hamda boshqa G‘arbiy Yevropa
davlatlarida ham ishlandi. Xususan, nemis tilida Avstriyada Yulius Virlning tarjimashunoslik
problematikasiga oid monografiyasi (Vena, 1958); GFRda Vilgelm Vilmarning tarjimada uyg‘unlik va
nomutanosiblik haqidagi kitobi (Kyoln, 1959), Rudolf Yumpeltning ilmiy va texnikaviy adabiyot tarjimasiga
oid fundamental asari (Berlin, 1961) va Nafis san’at akademiyasi tomonidan tayyorlangan «Tarjima san’ati»
to‘plami (Myunxen 1962); Shveysariyada Fridning kitobi (Syurix, 1963) va boshqa asarlar bosmadan
chiqarildi. Yevropadagi sotsialistik hamdo‘stlik mamlakatlarida ham tarjimashunoslik bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot ishlari avj ola boshladi. GDRda Garold Raab va Otto Braunning «Tarjima nazariyasiga kirish»
to‘plami (Berlin, 1959); Otto Kadening «Tarjimada tasodif va qonuniyat» (Leypsig, 1968) degan tadqiqoti,
Vengriyada Iojef Kardoshning «Badiiy tarjima problemalari» (Budapesht, 1965), Emil Saboning «Badiiy
tarjima» (Budapesht, 1961), Bolgariyada Lyubomir Ognyanov Rizovning «Tarjima san’ati asoslari» (Sofkya,
1955), Polshada O. Voytasevichning «Tarjima nazariyasiga kirish» (Vrotslav—Varshava, 1957),
Chexoslovakiyada Irji Leviyning «Tarjima san’ati» (Praga, 1963), Yugoslaviyada «Tarjima nazariyasi
asoslari» to‘plami (Belgrad, 1963) va boshqa ilmiy ishlar bosilib chiqdi. Yujin Naydaning «Tarjkmachilik
faniga doir» (Leyden, 1964) kitobida aktual nazariy konsepsiyalar obzori berildi. Bunday obzor birmuncha
torroq doirada Edmon Qarining «Hozirgi zamonda tarjima» (Jeneva, 1956), Teodor Sevorining «Tarjima
san’ati» (London, 1957) kabi mashhur kitoblarda ham o‘z aksini topgan.
Amerika qit’asida ham tarjkma iroblemalari jadal sur’atlar bilan tadqiq qilinmoqda. AQShda «Tarjima
haqida» maqolalar to‘plami (Kembrij-Mas-sachusets, 1959; Nyu-York, 1966 va hokazo), 1961 yili Ostindagi
tarjimachilik Markazi tayyorlagan «Texas to‘plami» tarjimashunoslik asoslariga bag‘ishlangan. Urugvayda
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |