Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda tayyor maxsulot ishlab chiqarishni
kengaytirish, uning sifati va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga
etkazish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan
tarkibiy strukturaviy o`zgarishlar qo`l kelmoqda.
O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloqda tub islohotlar o`tkazish,
qishloq xo`jaligini
taraqiy qildirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini
oshirish muhim omil bo`lib hisoblanadi. Bu soxada ham keyingi vaqtda ancha ijobiy
o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Birinchidan, xukumatimiz qishloq xo`jaligida band
bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini boshqa sohalarga jalb
etishga harakat kilayotgan
bo`lsa, ikkinchidan, qishloq joylariga sanoatni olib borish va keng joriy etish, kichik
va o`rtacha
korxonalarni kurish, yangi ish joylarini yaratish ishlari avj olib bormokda.
Hozirgi kunda qishloq xo`jaligida xizmat ko`rsatish tarmog`ini keng rivojlantirish,
kichik biznesga, xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berish — iqtisodiy
islohotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy garovi bo`lib turibdi.
SHuningdek, «bugungi kunda makroiqtisodietni barqarorlashtirish bilan bir
qatorda milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`liq almashadigan
bo`lishiga erishish... bizning asosiy vazifamizdir»
5
. Bu borada, birinchidan,
aholining
ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltirilayottan mollar bilan raqobat qila
oladigan o`z maxsulotlarimizni ishlab chiqarishimiz kerak bo`lsa, ikkinchidan,
eksport qilinadigan mollarni ko`paytirib, valyuta zahiralarini to`ldirishga,
uchinchidan, yonilg`i energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va oziq-ovqat
maxsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarishni
ta`minlashga asosiy e`tibor qaratilmog`i lozim.
YUqorida aytilgan va boshg`a qilayotgan ishlar iqtisodiyotimizni tarkibiy
jihatdan
yangilab, uning samaradorligini oshirib, xalqimiz turmush tarzini yanada
yuksaltirishga keng imkoniyat ochib beradi. Prezidentimiz ta`kidlaganidek:
«Tuzilmalarni qaytadan yangilamasdan turib, o`z iqtisodiyotimiz va
ishlab chiqarish
kuchlarimizga suyanmasdan turib, biz iqtisodiy mustaqillikka erisha olmaymiz,
mehnatning xalqaro taqsimotidagi o`z munosib o`rnimizga, binobarin, xalqimizning
munosib turmushi uchun zarur shart-sharoitga ega bo`la olmaymiz»
6
.
SHunga ham alohida e`tibor berish kerakki, yangi iqtisodiy to`zilmalarni joriy
etishda tijorat banklari tizimi, sug`o`rta kompaniyalari, auditorlik xizmatlari,
zamonaviy kommunikatsiyalarning zarur tizimlarini jadallik bilan shakllantirish
muxim o`rin tutadi. Mazkur masalalarni xal qilishda ham davlatimizning o`zi bosh-
qosh bulmoqda.
Respublikamizda utkazilayotgan islohotlar—bu avvalambor institutsion
islohotlar, ya`ni eski, mustabid iktisodiyotning qotib qolgan, g`oyat
markazlashtirilgan tizimini yangi, erkin boshqaruvga kuchirish, ragbatlantirish va
jonlantiruvchi tizimga aylantirish poydevori hisoblanadi. «SHu o`zgarishlarni nufuzli
xalqaro tashkilotlar tayyorlagan maxsus dastur
asosida utkazish, zamonaviy uslub va
komp’yuterlar tizimini joriy qilish, yosh, iste`dodli mutaxassislarimizni jadal sur`atlar
bilan xorijiy mamlakatlarda uqitib tarbiyalash diqqat e`tiborimiz markazida turmog`i
kerak», deydi Prezidentimiz.
5
«Халқ сўзи», 1995 йил 22 декабрь.
6
«Халқ сўзи» 1995 йил 24 февраль