94
maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.
Kishi idrok etishi, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat
voqealikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga qaysidir ma’noda
munosabat bildiradi, ularga nisbatan u yoki bu tarzda hissiyotlar paydo bo’ladi.
Hissiyot
– kishining hayotida yuz berayotgan voqealarga yoki nima bilan
mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’ziga turli shaklda bildiradigan ichki
munosabati.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil o’ziga xos
kechinmalarni: emotsiya, affekt (hissiy bo’ronlar), kayfiyat, kuchli hayajonlanish
(stress) holatlarini va his- tuyg’ularni hosil qiladi.
Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o’ziga xos ko’rinish sifatida
faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu o’rinda hissiyot o’zicha emas, balki
bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon
qiluvchi narsalar, hodisalar va
harakatlarning alohida xossasi, xususiyati ma’nosida
gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, ko’rish, eshitish, hidlash, kinestetik
(harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot muhim ahamiyatga ega. Masalan,
xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi taassurotidan vujudga kelgan
yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning
kayfiyatiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq
munosabatlar, muomala, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili
hisoblanadi.
Emotsiya.
Emotsional jarayonlar, holatlar yoki, qisqacha aytganda, emotsiya
hissiy kechinmalarning o’ziga xos shakllaridan biri. Emotsiya u yoki bu
hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iborat.
Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki
buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan
hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa, g’azabli hissiy kechinma hosil bo’lishi
ijobiy yoxud salbiy emotsiya deyiladi. Qo’rqinch, dahshat hissiy kechinma sifatida
ob’ektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda namoyon bo’lishi
mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo’rquvdan serrayib qoladi, o’zini idora qila
olmay har
tomonga uradi, hatto, xavf-xatarga ham o’zini tashlashi mumkin.
95
Ba’zi holatlarda emotsiya ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U xatti-harakatga,
fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch bo’lib, shijoatni oshirib yuboradi
va bu holat
Do'stlaringiz bilan baham: