9
I-MODUL. KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING METODOLOGIK
ASOSLARI
I - BOB. KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA
VAZIFALARI
Kasb-hunar egallashning ijtimoiy va tarixiy muammolari
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, mutaxassislarning kasbiy sifatlari va
shaxsiy salohiyatiga talablarning yuqoriligi, shaxs hayot faoliyatining turli
sohalarida psixologik fanlar ma’lumotlaridan keng qamrovli foydalanishni talab
etmoqda. Hozirgi kunda ko’pgina insonlar o’z kasbiy faoliyatlarini hayotiy
muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib,
psixologik qo’llab-quvvatlanishga ehtiyojlari mavjudligini tan olmoqdalar. O’z
kasbining bilimdoni bo’lish uchun nafakat texnik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy
holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo’ladi. Bu esa har bir xodimdan
psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo’lish va shu asosda qonuniy xatti-
harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Har qanday inson kundalik hayotida
odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o’zining bosiq yoki qiziqqon,
beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag’ritosh, jahldor yoki bosiq va
hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy
holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo’ladi. Ana shu holatlarning barchasi
insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi
narsa va hodisalarni jonli aks etuvchi murakkab jarayon bo’lib, u uzoq davom
etgan fiziologik rivoji uyg’unligining mahsuli hisoblanadi.
Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi
(xususiyati), sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq
manzaralarini sub’ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va
kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan
1
. Psixikaning asosiy
vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat etishdir.
1
G’oziev E.
Umumiy psixologiya. – Т., 2002. – Б. 25
10
Ruxiyatning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi ruxiy (bilish)
jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), ruxiy holatlar
(hissiyot, emotsiya, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik,
ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo’nalishlar, temperament, xarakter,
qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da
kuzatiladi.
Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari,
shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining xilma-xil
ko’rinishlarini o’rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha “psyche” va “logos”
so’zidan olingan bo’lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni
anglatadi. Hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o’rniga «psixika» atamasini
qo’llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika»
tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda
«jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko’lamga ega bo’lib, inson ruhiyatining ham
ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmas tomonlarini o’zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining o’rganadigan sohasiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va
uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu ob’ekt haqidagi muayyan bilimlar
tashkil qiladi (Ob’ekt – kishilarning diqqatini o’ziga tortadigan moddiy va
ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar).
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik
psixologiya,
zoopsixologiya,
yosh
davrlari
psixologiyasi,
muhandislik
psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi,
savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linadi. Bunda:
–
umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning
o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus soha hisoblanadi;
–
pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
–
yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug’ilganidan to
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro
munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi
11
tamoyillarini o’rganadi;
–
ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari
natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinma
va xulq-atvorlarni o’rganadi;
–
muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari
operatorlarining faoliyatini,
Do'stlaringiz bilan baham: |