Motivlar kurashi
– shaxsning oldida bir yemas bir qancha maqsadlar mavjud
bo‘lgan taqdirda ulardan yeng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y beradigan
ikkilanishdan iborat holat.
Muhandislik psixologiyasi
– psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni
boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirni tekshirish
bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Malakalarning regressi
– ma’lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan
malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida
asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Mutaxassis
– shaxsning muayyan kasbga nisbatan yaroqlilik darajasi,
tayyorgarlik saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish uchun
zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |