Malakalarning rivojlanishi
– muayyan faoliyat sohasiga doir malakalarning
kundalik amaliyotda ko‘p qo‘llanilishi natijasida tobora o‘sib, mukammalashib
borishdan iborat qonuniyat.
Matonatlilik
– shaxsning muayyan maqsadni amalga oshirish yo‘lida
uchraydigan har qanday ob’ektiv hamda sub’ektiv qiyinchiliklarga bardosh berib,
ularni yengib chiqishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Motiv
– odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Motivatsiya
– shaxsning nima uchun ma’lum vaqtda boshqa fikr va
harakatlarni yemas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab
berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya.
Mehnat
– tarixan tarkib topgan maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan boylik
yaratishga qaratilgan ongli faoliyat turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |