Kasbiy psixologiya


Muhandislik psixologiyasi fan sifatida



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

                                           Muhandislik psixologiyasi fan sifatida 
Muhandislik  psixologiyasi  –  bu  “Inson  –  mashina”  tizimini  loyihalash, 
yaratish va ishlatishda ulardan foydalanish maqsadida inson va texnika o’rtasidagi 
o’zaro  ta’sir  jarayonlarining  qonuniyatlarini  o’rganadigan  ilmiy  fan.  Muhandislik 
psixologiyasining  tadqiqot  ob’ekti  “Inson  –  mashina”  tizimi  (IMT)  hisoblanadi. 
IMTga inson-operator (yoki operatorlar guruhi) va mashina (operator o’z faoliyati 
davomida  foydalanadigan  texnik  vositalarning  barchasi)  kiradi.  Human 
engineering  Amerika  ilmiy  fanidan  farqli  o’laroq,  Rossiya  muhandislik 
psixologiyasi  nafaqat  mehnat  faoliyatini  optimallashtirish,  balki  texnikani 
loyihalash bilan bog’liq kengroq doiradagi ilmiy-amaliy masalalar bilan qiziqadi. 
Muhandislik  psixologiyasining  maqsadi  –  insonga  mashinani  tartibga  solish 
imkonini beruvchi xususiyatlarni o’rganishdir. Bular qisman anatomik, lekin ko’p 
hollarda  psixologik  xususiyatlardir:  idrok,  tafakkur,  diqqat,  xotira  va  boshqalar. 
Ularni  texnika  loyihasini  tuzishda,  odamlarni  ma’lum  bir  texnika  bilan  ishlash 
uchun  tanlashda  va  o’zlarining  kasbiy  faoliyatlarida  murakkab  texnik 
qurilmalardan  foydalanadigan  odamlarni  kasbiy  tayyorlashda  hisobga  olish  zarur. 
Muhandislik  psixologiyasining  diqqat  markazida  inson  faoliyat  sub’ekti  sifatida 
turadi.  Muhandislik  psixologiyasi  o’zining  tadqiqotlarida  quyidagi  metodologik 
printsiplarga asoslanadi: 
- mehnatni gumanizatsiya qilish printsipi (tadqiqotning boshlang’ich nuqtasi – 
o’zining xususiyatlari va qiziqishlari, ishini ijodiy qilish istagi bo’lgan shaxs);  


331 
 
- operatorning faollik printsipi (aynan IMTdagi shaxs qaror qabul qilish uchun 
mas’ul  hisoblanadi,  tizimni  boshqarish  faoliyatini  amalga  oshiradi,  faollik 
operatorga ishlash qobiliyatini asrashga imkon beradi); 
-  faoliyatni  loyihalash  printsipi  (avval  inson  faoliyati,  keyin  texnika 
loyihalanadi); 
-  ketma-ketlik  printsipi  (IMTni  loyihalash,  ishlab  chiqarish  va  ishlatishning 
hamma bosqichlarini psixologik qo’llab-quvvatlash);  
-    komplekslilik  printsipi  (boshqa  fanlar  bilan  fanlararo  munosabatlarni 
rivojlantirish).  
Muhandislik  psixologiyasi  murakkab  texnik  tizimni  boshqaradigan  inson-
operatorning  mehnatini  o’rganadi  va  o’zgartiradi.  Murakkab  “Inson  –  mashina” 
tizimi ikkita o’ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, inson ob’ektni to’g’ridan-
to’g’ri  aloqa,  to’g’ridan-to’g’ri  ta’sir  qilish  orqali  emas,  balki  masofaviy 
vositalardan foydalanish orqali boshqaradi. Ikkinchidan, operator mashina va unga 
ta’sir  etuvchi  atrof-muhit  omillari  haqidagi  ma’lumotlarni  bevosita  emas,  balki 
axborotni ko’rsatish vositalari orqali qabul qiladi. 
Muhandislik psixologiyasining nazariy fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan 
iborat:  
-  operator  faoliyatini  tahlil  qilish,  vazifalarni  inson  va  tizimning  kibernetik 
qismi o’rtasida taqsimlash;  
-  operatorlarning  birgalikdagi  faoliyatini,  muloqot  jarayonlarini,  axborot 
almashinuvini tadqiq qilish;  
- operator faoliyatiga ta’sir qiladigan omillarni o’rganish, ish joyini baholash, 
maqbul ish sharoitlarini loyihalash;  
- inson-operator faoliyatiga psixologik fazilatlarning ta’sirini o’rganish, uning 
faoliyatini  boshqarishning  maqbul  algoritmini  ishlab  chiqish,  operatorning 
psixofiziologik holati va ishlash qobiliyatini baholash metodikalarini yaratish. 
Muhandislik psixologiyasi va ergonomika o’rtasidagi farqlarni aniqlash uchun 
barcha  psixologlar  tomonidan  qabul  qilingan  yagona  mezon  mavjud  emas. 
Umuman olganda, ushbu fanlarni farqlash kerakmi, degan masalada turli xil fikrlar 
mavjud.    Ularning  har  ikkisi  ham  “Inson  –  mashina”  tizimini  o’rganadi,  inson-


332 
 
operatorning  ruhiy  xususiyatlari  bilan  qiziqadi.  Ko’pgina  tadqiqotchilar 
muhandislik psixologiyasi va ergonomika o’rtasidagi kichik farqlarga qaramay, bu 
fanlar  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega,  degan  fikrga  ishonadilar.  Ularni  farqlash 
mezoni  sifatida  quyidagilarni  qabul  qilishni  taklif  etamiz:  muhandislik 
psixologiyasi  ko’proq  insonga,  ergonomika  esa  -  insonning  psixologik 
xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  texnikani  loyihalashga  qaratilgan  (P.  Ya. 
Shlaen,  V.  M.  Lvov).  Shunday  qilib,  muhandislik  psixologiyasi  psixologiyaga, 
ergonomika esa texnik fanlarga, muhandislikka yaqinroq. 
Turli  fanlar  chegarasida  paydo  bo’lgan  muhandislik  psixologiyasi  mehnat 
psixologiyasi,  ergonomika,  mehnat  gigienasi,  mehnat  va  kasbiy  ekspertiza,  sud 
ekspertizasi,  kasbga  yo’naltirish  va  mehnat  reabilitatsiyasi  bo’yicha  tadqiqotlarni 
birlashtirdi. Muhandislik psixologiyasining o’ziga xosligi shundaki, u gumanitar va 
texnik  bilimlar  sohasining  kesishgan  joyida  paydo  bo’ldi.  Bir  tomondan,  u 
psixikaning  faoliyatda  namoyon  bo’lishini  o’rganadigan  mustaqil  psixologik  fan 
bo’lsa,  ikkinchi  tomondan,  texnikani  loyihalashga  tegishli  aniq  texnik  va 
muhandislik  jihatga  ega.  Bu  tabiatiga  ko’ra  ikki  tomonlama  tadqiqot  ob’ekti  – 
“Inson-texnika” tizimining o’ziga xosligidan kelib chiqadi. 
Muhandislik psixologiyasi rivojlanishining birinchi bosqichida tadqiqotchilar 
diqqatni  inson-operator  tomonidan  qaror  qabul  qilish  va  axborot  qabul  qilishning 
psixologik qonuniyatlariga qaratdilar. 
 XX asrning 60-70 yillarida yangi bosqich boshlandi, o’rta hisobda o’ziga xos 
xususiyatlarga  ega  bo’lgan  ma’lum  bir  odamga  burilish  yuz  berdi.  Muhandislik 
psixologiyasining qiziqishlar sohasi shaxs bilan bog’liq bo’lgan qator masalalarni 
o’z  ichiga  olib,  umumiy,  ijtimoiy  va  pedagogik  psixologiyaning  ishlanmalari 
qo’llanila boshlandi. 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish