Kasbiy tanlovning uchinchi jihati
– shaxsning stressga barqarorligini
tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning o‘zi yo‘q. Har qanday kasbda tezkor va
nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yuzaga kelishi mumkin.
Ta’lim dasturlarida ko‘pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalarini
shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan
alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning
chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish
joylarida xodimlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta’minlaydi.
B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv
tavsifnomasini yetarli darajada ta’minlab beruvchi qator uzviy bosqichlarni qamrab
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |