Ma’ruza mashg’ulotlari
92
ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa
ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda.
O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular
maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo‘ladi. Bu
farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va
vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga
qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan
qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez
moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar
yaxshilab tekshirib, o‘ rganib, keyin unga baho berishadi.
Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy
sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional
xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy,
emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib,
o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender
xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin:
qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi;
qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib
ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z Huqtai nazarida
qolishni afzal ko‘rishadi;
mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar
esa hajmini hisobga olishadi;
o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor berishadi;
qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi;
o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil,
eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi;
o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il
bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai
nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga
qarab amalga oshirishadi;
o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va
istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.
Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri
ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa,
ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun
zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni
o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |