O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/410
Sana11.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#339949
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   410
Bog'liq
УМК мактаб менежменти асослари 3 курс

Ma’ruza mashg’ulotlari 

 

65 



 

vazifalari  V.A.Slastenin,  I.F.Isaev,  E.N.Shiyanovlar  tasnifiga  mos  kelib,  shu  bilan 

birga  jismoniy  tarbiyaning  yana  ikkita  funktsiyasi  alohida  ajratib  ko‘rsatilgan:  1) 

tarbiyalanuvchilarda  estetik  sifatlarni  tarbiyalash;  2)  tarbiyalanuvchilarda  axloqiy 

sifatlarni tarbiyalash. 

 Jismoniy  tarbiya  vositalari.  Jismoniy  tarbiyani  amalga  oshirish  vositalari  xilma-xil 

bo‘lib,  ularni  umumlashgan  tarzda  uch  guruhga  ajratish  mumkin:  tabiiy  omillar, 

gigienik shart-sharoitlar va jismoniy mashqlar. 

Tabiiy  omillar  tabiat  in’omlari  (suv,  havo,  quyosh)ning  sog‘liqni  mustahkamlash, 

bolaning morfologik va jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish imkoniyatlarini 

o‘zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» 

atamasi  bilan  tavsiflanadi.  Bola  organizmini  chiniqtirish  deganda,  organizmni 

mustahkamlash,  chidamlilik,  zararli  ta’sirlarga  qarshilik  ko‘rsatish,  hayotiy 

sharoitlarning  o‘zgarishiga  tez  moslashish  qobiliyatini  rivojlantirishga  qaratilgan 

tadbirlar tizimi tushuniladi. 

Gigienik  shart-sharoitlar.  Bolalarning  jismoniy  to‘g‘ri  rivojlanishi  uchun  gigienik 

shart-sharoitlar  -  uyqu,  ovqatlanish  va  kiyinish,  kun  tartibi  kabilarni  hisobga  olish 

zarur. 


Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigienasidir. 

Bu  vazifani  hal  etishda  uyqu  katta  ahamiyatga  ega.  Uyqu  miya  yarim  sharlarining 

normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaxshi, uzoq 

davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy 

vositadir.  Agar  bola  yomon  uxlasa,  uyquga  to‘ymasa  nerv  tizimining  buzilganidan 

dalolat  beradi.  Nerv  tizimi  qo‘zg‘aluvchan  bolalar  aksariyat  yomon  uxlashadi. 

Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi. 

Kiyinish  ham  gigienik  omil  sifatida  bolaning  jismoniy  rivojlanishiga  o‘z  ta’sirini 

ko‘rsatadi.  Kiyim  har  doim  bolani  o‘rab  turgan  havo  temperaturasiga  mos  kelishi 

kerak.  U  engil  materialdan  tayyorlanib,  havoni,  issiqlikni  yaxshi  o‘tkazadigan 

bo‘lishi,  oson  yuviladigan,  yaxshi  ho‘llanadigan,  namni  shimadigan,  elastik  va 

badanni bevzovta qilmaydigan bo‘lishi lozim. 

Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat) 

osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa, uning 

organizmida  ovqatning  yaxshi  hazm  bo‘lishiga  yordam  beruvchi  shart-sharoit  hosil 

qiladi.  Yaxshi  ishtaha  bolalarda  mustaqillikni,  madaniy-gigienik  malakalarni,  stol 

atrofida  o‘zini  to‘g‘ri  tutib  o‘tirish  malakalarini  tarbiyalashga  yordam  beradi.  Eng 

muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash 

muhim ahamiyatga egadir. 

Kun  tartibi  jismoniy  tarbiyaning  muhim  shartidir.  Kun  tartibi  xilma-xil  faoliyat 

hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir. 




Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish