Ma’ruza mashg’ulotlari
49
burchlari nimalardan iborat ekanligi haqida ma’lumot berish, bu xususida
o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish ko‘zlangan maqsadga erishishda
muvaffaqiyat omili bo‘ladi.
Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar konstitutsiya va
qonunlarda ko‘zda tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari,
erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy,
ma’naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy atrof-muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy
yig‘imlarni to‘lash; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish. Yuqorida qayd etilgan
burchlarni bajarish O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi sanaluvchi har bir
kishining muqaddas burchidir.
11.2. O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasi berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya,
Gerb, Bayroq)dan foydalanish.
Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari,
orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik
mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir.
Muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari
majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunni ifoda etadi.
Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat
o‘tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy
intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat
va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g‘oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar – bu
shartli belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam,
mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e’lon qilinishi ijtimoiy-siyosiy
mustaqillikni ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan
1990-yil 30- martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi va bu borada
amaliy ishlar boshlab yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida
O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilindi. Ushbu madhiya
mualliflari O‘zbekiston Xalq shoiri va taniqli bastakor Mutal Burxonovdir.
Ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga
davlat ramzlari, ularning mohiyati borasidagi ma’lumotlarni berish, ularning ongiga
davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmatining timsoli ekanligi
Do'stlaringiz bilan baham: |