Ma’ruza mashg’ulotlari
211
uchun, o'quv maqsadlari oydinlashtiriladi va o'quv mashg'ulotlari loyihalashtirila
di. Buni qayta takrorlanadigan, tiklanadigan tuzilma deb qaraydigan bo'lsak, unda
o'quv jarayoni ma'lum modullar, birliklardan iborat bo'ladi, ular umumiy
holda ushbu modullar, birliklarning qo'shilishi asosida yagona va yaxlit mazmunga
keltiriladi. Bunga eng muhimi, takrorlanadigan, qaytariladigan
va tuzatishlar
kiritilgan, ilmiy asoslangan teskari aloqaning mavjudligidir.
Ma'lumki, o'quv
jarayoni
3
ta
bir-biri
bilan
bog'liq
o'qitishning tarkibiy qismlaridan tashkil topgan.
1. Motivlar. (M)
2. O'quvchining o'qish faoliyati. (O'F)
3. O'qituvchining boshqaruvchilik faoliyati. (B)
Shunday qilib, o'quv jarayonini quyidagi formula tarzida ifodalash mumkin.
O'J=M+O'F+B
Mana shu formula asosida maqsad oydinlashtiriladi, texnologiyalar belgilanadi,
faoliyat yo'lga qo'yiladi va amalga oshiriladi. Buni oldindan rejalashtirish yokio'q
uv jarayonini loyihalashtirish deb ataydilar. Pedagogik texnologiyaning bu qismi
amalga qo'llanilganda ta'limning tabiatga uyg'unlik qoidasiga asoslansa, ya'ni
o'qituvchining tabiiy xususiyatlari-qiziqishi,
istak,
xohishi,
ehtiyoji,
qobiliyati, aqliy kuchlari hisobga olinsa maqsadga muvofiq
bo'ladi.
O'quv
mashg'ulotlarini loyihalashtirishda mazkur holat hisobga olinishi darkor.
Pedagog olim Malla Ochilovning ta'kidlashicha pedagogik texnologiya me
todining muvaffaqiyati, ta'limni rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan
o'quv-biluv jarayonini loyihalashtirishdir. Muallifning fikricha o'quv mashg'ulotlarini
loyihalashda o'qituvchi ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, dastur, darslik,
ijodiy faoliyatga yo'naltiruvchi topshiriqlar mazmunini
o'qituvchi-
o'quvchining oldingi ish faoliyati mazmuni, kelajakdagi amalga oshiriladigan faoliyat
i inobatga olinadi. O'quv jarayonini loyihalashda o'quvchilarning belgilanganmaqs
ad sari harakatlanishi uzluksiz nazorat qilishni e'tibordan chiqarmaslik kerak.
Shunday qilib, ta'lim jarayonining qurilmasi, uni loyihalashning:
a) ta'lim maqsadlari va natijalarni belgilashni;
b) natijalar asosida (diagnostikalash orqali) nazorat topshiriqlari va baholash mezonla
rini ishlabchiqishni; hamda o'quv mashg'ulotining texnologik xaritasi (dars konspekti)
ni ishlab chiqish bosqichlarini amalda qo'llashni nazarda tutadi.
26.5. Dars loyihasi va uni amalga oshirish modeli.
Hozirga kadar ko'pgina maktab va kollejlarda dars loyihasini tuzish, ta'lim ma
qsadini belgilash yoki ta'limni tashkil etish yo'llari kabi elementlar vaqt sinovi dan
o'tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |