Ma’ruza mashg’ulotlari
202
munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:
berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);
davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat);
tarqoq — (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik);
goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali.
V. P. Bespalko texnologiyasi turlari:
−
klassik leksiya metodida o‘qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo‘lda);
−
audiovizual texnik vositalarda o‘qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan);
−
«konsultant
(maslahatchilar)»
tizimi
(berk,
yo‘naltirilgan,
qo‘lda);
−
o‘quv adabiyotlari yordamida o‘qitish (berk, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan) —
mustaqil ish;
«kichik guruhlar» tizimi (davriy, tarqoq, qo‘lda) - guruhlardagi o‘qitishning
tabaqalashtirilgan usuli;
kompyuter o‘qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan);
«repetitor» tizimi (davriy, yo‘naltirilgan, qo‘lda) - individual o‘qitish;
dasturlashtirilgan o‘qitish (davriy, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan), ular uchun
oldindan programmalar tuzib qo‘yiladi.
Dasturlashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:
Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor
pedagog turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning
murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.
Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini
boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo to‘g‘ri aloqa
o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obektdan
boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha, pedagog
uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya uchun,
ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun.
Ichki va tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z
natijalarini va o‘zining aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun
xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini
boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga
oshiriladi.
O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik
jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv
materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni
samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining
Do'stlaringiz bilan baham: |