Ma’ruza mashg’ulotlari
192
yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‘xshatish kabi modellashlarni
o‘zlashtirish
imkoniyatini
yaratadi.
Bolalar tomonidan mazmunan ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq
shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida biz muammolarni
tizimli yechim asosida ijobiy izlanishning tashkillashtirishni bahslashuv va didaktik
o‘yinlarini ajratamiz. Sanab o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv
o‘yinlariga alohida e’tibor qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari
ularning
tizimida
o‘rnatilgan
4
bosqichni
ajratsa
bo‘ladi.
Orientatsiya – o‘rnatiladigan mavzuning tasavvuri, o‘xshatilishi va uning qoidalar
harakteristikasi, o‘yin mulohazalarining bayoni, o‘yin o‘tkazishda uning
sahnalashtirishi, o‘yin mazmunining detallarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega.
Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi, umumiy rejasi ekan.
25.2. Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishda yangiliklar kiritishning
ahamiyati
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga
kirishishdan oldin «Pedagogik tizim» va «Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish»
tushunchasini aniqlab olaylik.
Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik
tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda
ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir
mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa
hususiyatli tizim yuzaga keladi.
Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday
pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat
bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning
maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o‘qituvchilar (yoki TTV - ta’limning
texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo‘ladi.
Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga bo‘lib,
yoyib ko‘rsatilishi mumkin.
Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga asoslarimiz bor.
Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning muhim tarkibiy
qismlari, shuningdek, «natijalar», «o‘quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish»,
«texnologiya»lardan
iborat,
deb
ham
hisoblashlari
mumkin.
Ular berilgan chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlar
natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan
to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat
qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan
mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |