Ma’ruza mashg’ulotlari
106
Korreksion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni
yo‘qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir.
Korreksion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan
bo‘lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning
shakllanayotgan shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
Korreksion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o‘zgartirish,
uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va
layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim o‘qishda va maktabda anomal bolalarga o‘z
vaqtida malakali yordam ko‘rsatishni ta’minlovchi differensial ta’lim tizimi bo‘lib,
uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan
bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o‘qishidagi kamchiliklarni yo‘qotish,
yetarlicha shakllanmagan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bolaning
idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
23.3.Inklyuziv ta’lim.
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo‘lmish farzandlarni ma`suliyatni his
yetadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush qo‘shadigan
munosib fuqarolar bo‘lib yetishishlariga katta umid bilan qaraladi. Bolalar huquqlari
to‘g‘risidagi Konvensiya maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish huquqini ham
kafolatlaydi.
Uning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim tarbiyasi xususida qisqa va
aniq qilib quyidagicha ta’kidlangan: ―Nogiron bolaning maxsus ehtiyojlarini
aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo‘shilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga
yetaklovchi vosita hisoblangan ta’lim olishga har tomonlama yordam berilishi lozim.
Bu qoidadan shu narsa ayon bo‘ladiki, maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyat hayotida
to‘liq ishtirok etishi, madaniyatga hamohang bo‘lib o‘sishi, uning boyliklaridan,
go‘zalligidan bahra olib jamiyatning rivojiga hissa qo‘shishlarining ahamiyati juda
kattadir.
L.S.Vigotskiy umumiy va maxsus ta’limni uyg‘unlashtiradigan ta’lim tizimini tashkil
etish, ya’ni maxsus yordamga muhtoj bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida o‘qitishni
e’tirof etgan. Ta’lim tizimi shunday bo‘lish kerakki,-deb yozadi L.S.Vigotskiy-
“maxsus ta’lim va umumiy ta’lim uyg‘unlashib ketishi uchun shart-sharoitlar
yaratilsin”. Buning uchun shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki, maxsus yordamga
muhtoj bola o‘qish jarayonida har tomonlama rivojlansin. L.S.Vigotskiy nuqsonli
bolani tarbiyalashning vazifasi bu boladagi nuqsonlarni kompensasiya qilish va uning
hayotga integrasiyasini ta’minlashdir, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |