1920-yillar. Radioreklamalar
1920 – yillarda radiodetallar va radio apparatlar ishlab chiqaruvchilar
soni ortib ketdi. Ular o‘z mahsulotlari sotuv hajmini oshirish uchun o‘z
radiostansiyalari ochadilar va unda o‘z mahsulotlarini reklama qila
boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan turli klublar, xususiy maktab va notijorat
uyushmalar radioda reklamalar bera boshladilar. Radiodasturlarga
homiylik qilish tobora kengayib borgani sari har bir radiodastur o‘z
homiysiga ega bo‘la boshladi. Buning evaziga esa o‘sha radiodastur
davomida homiy kompaniyani ko‘klarga ko‘tarib maqtashi kerak edi.Vaqt
o‘tishi bilan radiostansiya egalari radiodasturlarga homiylik qilish
huquqlarini qisqa muddatga avvalgidan kattaroq pul evaziga sota
boshladilar. Keyinchalik esa bitta radioeshittirish davomida bir necha
kompaniyalar va ularning mahsulot va xizmatlari yangray boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |