Reklama va reklama vositalari
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon savdo inson taraqqiyoti bilan
hamohang ravishda shakllanib kelgani sir emas. Savdo rivojlanib,
savdogarlar o‘rtasida bozor va xaridorlar jihatidan ustunlik va
yetakchilikka harakat qilish ular o‘rtasidagi narx va sifat vositasida
raqobatni keltirib chiqardi. Endi ular o‘z mahsulotlarini maqtab xaridorda
nisbiy afzallik va moyillikni kuchaytirishga o‘tdilar. Bu raqobat o‘z
navbatida reklamaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixiy manbalar
shundan darak beradiki, dastlab misrliklar tijorat maqsadlari uchun
papirusga bitilgan savdo narxlari yozilgan mayda xabarlar va devoriy
xabar matnlarini qo‘llaganlar. Pompeya xarobalari va Qadimgi
Arabistonda tijoriy xabarlar va siyosiy namoyishlar lavhalari ham
topilgan. Devorlarga o‘yib yoki chizib ishlangan tasvirlar reklamaning
qadimgi turlaridan hisoblangan va kelib chiqishi Hindistonga borib
taqalib, miloddan avvalgi 4000-yilda paydo bo‘lgan. Yana tarixdan shu
narsa ma’lumki, reklamaning ilk ko‘rinishlari uy tashqarisidagi
reklamalar (qadimgi davrlarda xizmat ko‘rsatish joylari xizmat
ko‘rsatuvchilar uylarining bir qismida qurilgan) va devorga ilingan
e’lonlar bo‘lgan.
O‘rta asrlarda aholining asosiy qismi savodsiz bo‘lganligi sababli
hunarmandlar kasblariga doir belgilarni o‘zini reklama va mo‘ljal sifatida
qo‘llaganlar. Masalan, taqachilar ot taqasi rasmini yoki aynan, temirchilar
bolg‘a, kosiblar etik va sartaroshlar ustara tasviridan foydalanganlar.
Meva va sabzavot sotuvchilari esa shahar markazlariga kelgan holda
o‘zlari yoki biror kishini yollab o‘z mahsulotlarini maqtab jar solganlar
yoki jarchi yordamidan foydalanganlar.
Ilm-fan taraqqiyoti asta–sekinlik bilan o‘sgan sari o‘qish ommalashdi
va bu o‘z navbatida bosmaxonalar kashfiyotiga olib keldi. Endi odamlar
tarqatmalar orqali reklama qila boshladilar. XVIII asrga kelib ingliz
gazetalari reklamalarni bosib chiqara boshladi. Lekin bu reklamalar
asosan turli yangi kitoblar va gazetaning o‘zini maqtashdan nariga
o‘tmasdi. Keyinchalik dori vositalari reklamasini tarqata boshladilar va bu
gazetalarning foyda olish yo‘nalishining o‘zgarib ketishiga olib keldi,
ya’ni ular gazeta tirajlari bilan bir qatorda reklama orqali ham foyda ola
376
boshladilar. Tahririyatlar reklama orqali daromad olishga shunchalik
kirishib ketdilarki, buyuk Yevropa o‘latida ular ancha insonning uyi
kuyishiga sabab bo‘ldilar. Chunki o‘sha davrda alkimyogarlar o‘latga
davo qidirib, nimani topsalar shuni davo, deb e’lon qilar va u orqali
mo‘may daromad qilardilar. Bu orqali ingliz matbuoti sezilarli darajada
obro‘sini yo‘qotdi. Shundan keyin ingliz hukumati reklamani tartibga
solishga urinishlarni boshladi va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan
buyurtmachini ham, tahririyatni ham qattiq jarimaga tortajagini bildirdi.
Iqtisodiyot o‘sib borgan sari reklama ham unga hamohang rivojlanib
bordi. AQShda reklamadagi yuksalishlar uni mutlaqo yangi shaklga – xat
tartibli reklama shaklini yaratilishiga olib keldi.1836 – yilning iyunida
Fransiyaning La Presse gazetasi reklama orqali daromad olayotgani
evaziga narxni pasaytirish va bu orqali gazetxonlar safini kengaytirishni
mo‘ljalladi. Keyinchalik bu usul butun mamlakat gazetalari tomonidan
o‘zlashtirildi. 1840 – yilda Volni Palmer ismli kishi Filadelfiyada hozirgi
zamon reklama agentliklariga o‘xshash agentlikka asos soldi. 1842–yilda
Palmer mashhur gazetalardan katta chegirmali narxda bo‘sh sahifalarini
sotib oldi va yuqori narxlarda reklama qiluvchilarga sota boshladi. Palmer
faqat gazeta betlarini sotib olgan bo‘lib, reklama qanday qilib, qanday
ko‘rinish va shaklda berilishi reklama beruvchilarlar ixtiyorida bo‘lgan.
XIX asr oxirlariga kelib N.W.Ayer & Sons reklama agentligiga asos
solindi va bu agentlik reklamani rejalashtirish, yaratish va reklama
jarayonini boshqarish borasida taklif va yordamlar berardi. Xuddi shu
davrda Fransiyada Charles-Louis Havas reklama agentligi ham faoliyat
olib borayotgan bo‘lib, uning xizmat ko‘rsatish ko‘lami brokerlikni ham
qamrab olgan edi.
XX asr reklama tarixida tub burilish yasadi. Avvalo, reklama sohasida
ayollar salmog‘i va vositasi ortib bordi. Dastlab, reklama agentliklari
ayollardan yaratuvchanlik qobiliyati va uy-ro‘zg‘orga oid reklamalarda
«onalar tanlovi” yoki «rafiqalaringiz tanlovi” kabi reklamalar uchun
foydalangan bo‘lsalar, keyin ulardan turli xil ayollar tasvirlari orqali
e’tirofni tortish yo‘liga o‘tadilar. Amerikada ayollarning ilk tasviri sovun
reklamasida qo‘llanildi.
Yangilik usulida yaratilgan dastlabki zamonaviy reklama 1920–
yillarning boshida ishlangan tamaki reklamasi hisoblanadi. Zamonaviy
reklamaning otasi sifatida Edvard Berniys Medisson Avenyu reklama
agentligiga asos solgan. Jahon bo‘yicha tamaki savdosining tarqalishi va
377
iste’molining ommalashishiga xuddi shu inson sababchi bo‘lgan.O‘sha
paytda Bonzak deb atalgan yangi va katta hajmda sigareta o‘raydigan
mashinaning sanoatda qo‘llanishi bozorda taklif hajmini keskin oshirib
yuboradi va bu muammoni hal qilishni Edvard Berniys ajoyib reklamalari
orqali bartaraf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |