Korxonaning narx siyosati
Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas
qismi hisoblanadi.“Siyosat” so‘zining ma’nosi mumkin bo‘lgan san’at,
deyiladi. Bu tarif narx siyosatining tarifiga ham to‘g‘ri keladi. Narxni
shakllantirish, bu san’at chunki u yuqori aniqsizlik davrida amalga
oshiriladi. Korxonaning narx siyosati – bu maksimal darajada narx
shakllanishi sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishga, salohiyatni
xaridor uchun bo‘lgan raqobatda yutishga va o‘z maqsadlariga erishish
uchun narxni ko‘tarishga qaratiladi. Narx siyosati narx strategiyasi orqali
amalga oshiriladi. Narx siyosati taktik-operativ aksiyalarni, ma’lumot
tizimini (yig‘ish, tahlil qilish vositalari), tashkiliy qarorlar (tartib va
jarayon jihatlar) ni o‘z ichiga oladi.
Taktik — operativ aksiyalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qisqa
muddatli pog‘onalarni shakllantirish, narxlar tarkibi, narxlar
differensiatsiyasi, narxlar variatsiyasi, narx chizig‘i siyosati, narxlarni
yo‘naltirish. Taktik – operativ aksiyalarning qo‘llanilishi korxonaning
strategik maqsadlari bilan mos kelishi lozim, u bozorda o‘z mavqeyini
276
egallash uchun qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza (narx
strategiyasi) ga muhtojlik sezadi.
Hozirgi kunda “narx menejmenti” narx siyosatiga sinonim bo‘lib
hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
narxlar
differensiatsiyasi
kuchaydi,
buni
narx
diskriminatsiyasi yoki mahsulot differensiatsiyasi bilan izohlash mumkin.
Narxlar differensiatsiyasi mahsulot parametrlari va xaridorlar
guruhining to‘lay olish qobiliyatlariga katta ahamiyat beradi. Tovar
differensiatsiyasi raqobat ko‘rinishida asosiy vosita bo‘lganligi sababli
korxonalar xaridorlarning tovarga bo‘lgan ichki talablarini aniqlash va
tovarni ularga yetkazib berishga katta ahamiyat beradi. Tovar
defferensiatsiyasi segmentatsiya va baho bo‘yicha olib boriladigan
ishlarni murakkablashtirdi va yanada chuqurlashtirdi. Baho tizimida
narxlar differensiatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonaning barcha
imkoniyatlari birgalikda rivojlantirilmoqda.
Yangi bozor raqobat sharoitlariga moslashish sifatida yoki qisqa
muddatli narx aksiyalari sifatida narxlar variatsiyasi doimo kuzatilmoqda.
Bularning barchasi narx siyosatini har xil masalalarni yechishga majbur
qildi.
Globalizatsiya va savdoning kengayishi oqibatida sotish kanallarida
narx qarshiligi kuchaydi. Buning oqibatida narx kelishuvlari va sotish
siyosatining roli oshdi. Boshqarish kerak bo‘lgan yuqori muammoli
narxlar o‘zgarishi yuzaga keldi. Narx siyosatining malakalilik darajasi,
bozorni o‘rganishning zamonaviy usullari, narxni rejalashtirish narx
nazorati yordamida oshdi, oqibatda ma’lum vaziyatlarda korxonalar
raqobat ustunlinligiga ega bo‘ldilar.
Bozorning javob harakatiga qaratilgan tavakkalchilik. Ko‘plab narx
siyosati bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doimo o‘zgarib turuvchi va
kompleks sharoitlarda qabul qilinadi. Shuning uchun korxonaning “narx -
naflilik” birligiga bozorning javobini oldindan bilish qiyin. Shu
munosabat oqibatida bozorning javobiga qaratilgan tavakkalchilik, ya’ni
narx belgilanganda ko‘zda tutilmagan xarajatlar vujudga keladi. Bu
tavakkalchiliklar yuqori va past narxlar sharoitida bo‘lishi mumkin va
yo‘qotilgan narx imkoniyatlariga kiradi (opportunistik xarajatlar).
Yetkazib berish va to‘lash shartlaridagi tavakkalchilik. Ishlab
chiqaruvchi sotib oluvchilar (xaridorlar) bilan yetkazib berish va to‘lash
shartlarini shaxsan kelishib oladi. Raqobat ko‘p hollarda sotuvchilarni
277
xaridorlarga chegirmalar qilishga majbur qiladi, oqibatda ularning foydasi
kamayadi. Alohida xavf nazorat qilinmagan chegirmalar, bonuslar to‘lash
sharoitlari joriy qilinganda bo‘ladi.
To‘lov
tavakkalchiligi.
Ular
xaridorlar
o‘z
shartnoma
majburiyatlarini
bajarmaganlarida
yuzaga
keladi
(shartnomani
bajarmaslik tavakkalchiligi). Agar xaridorlar to‘lash imkoniyatlari
yo‘qligini sabab qilib, mahsulotlar narxining bir qismini to‘lasa, qolgan
pulini kelishilgan muddatda to‘lashni kelishib olsa, to‘lov tavakkalchiligi
vujudga keladi.
Dispozitsion tavakkalchilik. Ayrim mamlakatlarda chet el ishlab
chiqaruvchilarning (sotuvchilar) narx suvereniteti mamlakatning siyosiy
– iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi.
Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridorlarda
ham kuzatiladi.
Narx
siyosatida maqsadlarsiz
qabul qilinadigan strategiya
vositalaridan katta foyda olish qiyin. Maqsadlar tizimini loyihalash narx
menejmentining asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari maqsadlar
tizimini keltirib chiqaradi. Har bir tashkilot individual ustuvor
maqsadlardan kelib chiqqan holda o‘z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi.
Shu sababli ilmiy asoslangan maqsadlar tizimi mavjud emas. Narx
siyosatida maqsadlar tizimi ishni amalga oshirish nuqtasidir. Agar
potensial narxlar maqsadlar piramidasida iyerarxiya ko‘rinishida
ifodalangan bo‘lsa, bu juda yaxshi. Bu o‘z ichiga hamma maqsadlarni
olmaydi, ammo ifodalangan maqsadlar munosabati narx siyosatini
tushunishga yordam beradi. Umuman olganda narx siyosatini
korxonaning faqat marketing yo‘nalishida emas, balki boshqa yo‘nalishda
ham qo‘llash lozim. Korxona narx siyosati oldiga qo‘yadigan
maqsadlariga:
daromadlarni
maksimallashtirish,
tizimlarni
maksimallashtirish, ma’lum foyda normalarini olish, kelayotgan
daromadlarni saqlash, xarajatlar kompensatsiyasi, ishlab chiqarish
ko‘lamini oshirish, bozorga kirish, raqobatchilarni kamaytirish, potensial
raqobatchilarni bozorga kiritmaslik, bozorda mavqeyini saqlash va
kengaytirish, o‘z faoliyati uchun turg‘un va ijobiy muhitni, korxona
faoliyatini saqlash kabilar kiradi. U yoki bu maqsadni amalga oshirish
uchun marketing vositalaridan foydalaniladi. Biz o‘z diqqatimizni
marketing maqsadlariga qaratamiz. Narx siyosatida maqsadlar tizimi
rivojlanishi yuqoridan pastga qarab sodir bo‘ladi. Bunda maqsadlarning
278
agregatlangan variantlari vositasida kirim yoki o‘rtacha narx
xaridorlarning narxdan qoniqishi yoki narxga ishonch maqsadi
yaqinlashadi. Bu juda muhim, chunki oxir–oqibatda xaridorlarning
harakati narx siyosati muvaffaqiyatiga bog‘liq. Xaridorlar xaridlariga
qarab tuzilgan maqsadlar tizimi xaridorlarga yo‘naltirilgan va ularni
tashkilot mahsulotlariga ko‘niktirishga asoslangan narx siyosatining
zamonaviy talabidir.
10.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |