Mutlaq va joriy bozor salohiyati. Iqtisodiy omillardan qat’i nazar, potensial
bozor vaqt mobaynida iste’mol xarakteriga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy va ijtimoiy
omillar ta’siri ostida rivojlanib borishi mumkin. Bundan tashqari, atrof-muhitni
muhofaza qilish haqidagi g‘amxo‘rlikning kuchayishi ekologik jihatdan toza
asbob-uskunalarga bo‘lgan talabni rivojlantiradi. Hozirgi paytda kichik va o‘rta
firmalarda axborot tizimlaridan foydalanish tarqatish, nusxa ko‘chirish va o‘qitish
jarayonlari natijasida, ya’ni ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan marketing
79
bosimidan qat’iy nazar, kengayib bormoqda.
SHu munosabat bilan ikki tushunchani: bozorning «mutlaq» salohiyati bilan
bozorning «joriy» salohiyatini bir-biridan farqlash lozim.
-