«Ko‘rgazmalilik – eng yaxshi ta’lim-tarbiya vositasi!»
Masala 5.
1-sinf o‘quvchisi Anvar uyga vazifa – «a» harfining yozilishini
o‘rganmoqda. Lekin uning yozuvlari biri ikkinchisidan xunuk chiqmoqda.
Bunday vaziyatda oila a’zolari qanday yo‘l tutishlari kerak?
A) Buvisi: o‘qituvchi yozib berganini ko‘rsatib, shunga qarab yozaver,
deyishi kerak;
B) Dadasi: Anvarning qo‘lidan ushlab, «a» harfining yozilishini qunt
bilan ko‘rsatishi kerak;
V) Opasi: «husnixat» daftarini olib, «a» harfining yozilishini qunt bilan
og‘zaki tushuntirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |