«Tejamkorlik boylikka boylik qo‘shadi!»
Masala 13.
Avaz maktabda futbol o‘ynayotganida uning ketasi biroz
yirtildi. Keyingi hafta darslarga tayyorlanayotib, ketasining yirtig‘ligi esiga
tushgan Avaz yangi keta olib berishlarini aytib harxasha qila boshladi. Avazga
ketani yaqinda olib berishgan bo‘lib, u hali yap-yangi edi.
Oiladagilar qanday yo‘l tutishlari kerak?
A) Onasi: ketang yirtilgan bo‘lsa, men nima qilay? Bor, dadangga ayt
yangisini olib bersin;
B) Dadasi: hamma narsaga men balogardon. Bir-ikki gall jismoniy
tarbiyangga bormasang bormabsan. Vaqtim bo‘lganda yangisini olib beraman;
V) Buvasi: qani, bolam, menga ketangni ko‘rsatchi. ha, sal yirtilgan ekan-
ku. YAngisini nima qilasan. Menga ip, igna, ko‘zoynagimni ham olib kelgin,
hozir buni boplaymiz, deb nabirasi bilan birga ketasini tikishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |