«Rahbar – eng avvalo inson!»
Masala 9.
Nuroniy bir mo‘ysafid nufuzli bir tashkilot rahbarining
huzuriga tortinibgina kirib: Assalomu alaykum, o‘g‘lim. Kirsam mumkinmi? –
deb murojaat qildi. Rahbar:
A) Va alaykum assalom, keling, deb o‘tirishga taklif qildi va o‘z ishi
bilan mashg‘ul bo‘ldi;
B) Assalomu alaykum, bemalol kiravering, deb o‘tirishga joy ko‘rsatdi va
ishini bir daqiqaga yig‘ishtirib, mo‘ysafiddan hol-ahvol so‘rab bo‘lgach,
kelishining maqsadi bilan qiziqdi va masalaning murakkabligiga qarab ish tutdi;
V) Ishdan bir zumgina ko‘z uzib, bosh irg‘ab salomlashdi va imo-ishora
bilan o‘tirishga joy ko‘rsatdi. So‘ngra ishini davom ettirgan holda chol bilan
kelishining maqsadi haqida gaplasha boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |