udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo’yoqlar bilan bo’yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj
buyumlari, zeb-ziynatlari, mehnat va ov qurollari qo’yar edi. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat
mavjudligi haqidagi ibtidoiy tasavvurlar mavjudligidan dalolat beradi. Ibtidoiy g’oyalarning
yana biri
ov qilish marosimi
dir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar rasmini
chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g’ayritabiiy tarzda aloqa bog’lashga intilganlar. Shu
bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning hulq-atvoriga ta’sir o’tkazishda katta yordam
beradi degan tasavvurlari mavjud bo’lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik tiriklar bilan marhumlar
o’rtasida aloqa bog’lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamanlar, folbinlar va h.k. faoliyatlarning
vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Yuqoridagi diniy tasavvurlarning mavjudligi keyinchalik quyidagi ibtidoiy din shakllarining
vujudga kelishiga olib keldi. Bular:
1)Totemizm.
«O totem» so’zi – Shimoliy Amerikada yashovchi «Ojibva» qabilasi tilida «uning
urug’i» ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o’simlikning ma’lum
bir turlariga qarindoshlik aloqalari bor» deb e’tiqod qilishdir. Qabila vakillari o’zlarining
totemlari ma’lum bir hayvon yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb bilishgan. Urug’chilik
jamiyatining shakllanishi jarayonida totemizmning ahamiyati katta bo’lgan. Totemizm ta’sirida
paydo bo’lgan urf-odat va me’yorlar asrlar davomida qat’iy qo’llanilib kelingan. Totemizm
rivojlana borib unda yangi o’zgarishlar sodir bo’la boshladi, ya’ni birinchidan ajdodlar ruhlariga
va ilohiy kuchlarga ishonchni kuchayishi kuzatildi, ikkinchidan totemni ozuqa sifatida iste’mol
qilishni ta’qiqlash tizimi ya’ni – «tabu» paydo bo’ldi. Faqatgina diniy marosimlarda yoki qabila
boshliqlariga totemni eyishga ruxsat etilgan. Totemizmning asoratlari hozirgi kungacha ayrim
xalqlar urf-odatlari va marosimlarida saqlanib qolgan. Masalan, Hindistonda sigir va boshqa
yovvoyi hayvonlar, Avstraliyada kenguru, Qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt keltiruvchi
hayvon sifatida ulug’lanadi.
2)Animizm
(lotincha – anima – ruh, jon). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat
kuchlarini ruhlantirish, hayvon va o’simliklarda, jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat
borligi haqidagi dastlabki din shakllaridan biridir. Ilk animistik tasavvurlar o’tmishda oilaviy
jamoalarning shakllanishigacha vujudga kelgan. Diniy tizim sifatida keyinroq shakllangan.
Animistik tasavvurlar totemizmga nisbatan kengligi va umumiy xarakterga egaligi bilan
farqlanadi. Animistik qarashlar barchaga barobar va tushunarli bo’lgan. Animistik tasavvurlar
hozirgi dinlarning asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Barcha dinlarda ruh mavjudligi xususida
ta’limot mavjud.
3)Fetishizm.
Franstuzcha fetish so’zi sehrli narsa, tumor, but, sanam ma’nolarini anglatadi.
Feteshizm narsalarni g’ayritabiiy deb ishonish va ularga sig’inishni anglatadi. Fetish bo’lib, tosh,
tayoq, moddiy buyumlar bo’lishi mumkin, ya’ni fetishizm jonsiz jismlarga sig’inishdir.
Fetishizmning rivojlanishi yog’och, loy va boshqa narsalardan yasalgan buyumlar ya’ni
hunarmandchilikni vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Ibtidoiy odamlar butlar va tumorlarda
g’ayritabiiy ilohiy qudratning timsolini ko’rsatganlar. Hozirgi kunda ham uning asoratlari
mavjud bo’lib, ularga sedana, tasbeh, munchoq, qalampirmunchoq, isiriq, ko’ztikan, piyoz,
sarimsoq, qora murch, daraxtlardan: yong’oq, anjir, jiyda, archa va boshqalar
tabarruklashtirilgan, muqaddas sanaladi. Fetishizm unsurlari barcha dinlarda hozirgacha yashab
keladi.
Butlar va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini
ko’rganlar. Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega bo’lib, ular afsungarlik usullariga
ibnoan bunday buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy
taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib
qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq bo’lgan animizm, turli totemlar
hamda o’lib ketgan ajdodlar shaxsiga bog’liq totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real
buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi.
Natijada ularning ongida zamonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi va nihoyat
fetishlarning paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda
ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiylik dunyosidagi buyumlarda ham
bo’lishi mumkin. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy
odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi.
Buning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki asosiy
qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari boshqaradi.
Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir
tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda
ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib
bordi v insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: