Falsafa-2-on pdf



Download 385,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/30
Sana12.01.2022
Hajmi385,89 Kb.
#337689
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
falsafa-2-on(1)

dafn etish marosimi

dir. 


Ibtidoiy odam o’z qarindoshlarini ko’mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik 

udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo’yoqlar bilan bo’yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj 

buyumlari, zeb-ziynatlari, mehnat va ov qurollari qo’yar edi. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat 

mavjudligi haqidagi ibtidoiy tasavvurlar mavjudligidan dalolat beradi. Ibtidoiy g’oyalarning 




yana biri 

ov qilish marosimi

dir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar rasmini 

chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g’ayritabiiy tarzda aloqa bog’lashga intilganlar. Shu

bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning hulq-atvoriga ta’sir o’tkazishda katta yordam 

beradi degan tasavvurlari mavjud bo’lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik tiriklar bilan marhumlar 

o’rtasida aloqa bog’lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamanlar, folbinlar va h.k. faoliyatlarning 

vujudga kelishiga sabab bo’ldi.

Yuqoridagi diniy tasavvurlarning mavjudligi keyinchalik quyidagi ibtidoiy din shakllarining 

vujudga kelishiga olib keldi. Bular:

1)Totemizm.

 «O totem» so’zi – Shimoliy Amerikada yashovchi «Ojibva» qabilasi tilida «uning 

urug’i» ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o’simlikning ma’lum 

bir turlariga qarindoshlik aloqalari bor» deb e’tiqod qilishdir. Qabila vakillari o’zlarining 

totemlari ma’lum bir hayvon yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb bilishgan. Urug’chilik 

jamiyatining shakllanishi jarayonida totemizmning ahamiyati katta bo’lgan. Totemizm ta’sirida 

paydo bo’lgan urf-odat va me’yorlar asrlar davomida qat’iy qo’llanilib kelingan. Totemizm 

rivojlana borib unda yangi o’zgarishlar sodir bo’la boshladi, ya’ni birinchidan ajdodlar ruhlariga 

va ilohiy kuchlarga ishonchni kuchayishi kuzatildi, ikkinchidan totemni ozuqa sifatida iste’mol 

qilishni ta’qiqlash tizimi ya’ni – «tabu» paydo bo’ldi. Faqatgina diniy marosimlarda yoki qabila 

boshliqlariga totemni eyishga ruxsat etilgan. Totemizmning asoratlari hozirgi kungacha ayrim 

xalqlar urf-odatlari va marosimlarida saqlanib qolgan. Masalan, Hindistonda sigir va boshqa 

yovvoyi hayvonlar, Avstraliyada kenguru, Qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt keltiruvchi 

hayvon sifatida ulug’lanadi.



2)Animizm 

(lotincha – anima – ruh, jon). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat 




kuchlarini ruhlantirish, hayvon va o’simliklarda, jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat 

borligi haqidagi dastlabki din shakllaridan biridir. Ilk animistik tasavvurlar o’tmishda oilaviy 

jamoalarning shakllanishigacha vujudga kelgan. Diniy tizim sifatida keyinroq shakllangan.

Animistik tasavvurlar totemizmga nisbatan kengligi va umumiy xarakterga egaligi bilan 

farqlanadi. Animistik qarashlar barchaga barobar va tushunarli bo’lgan. Animistik tasavvurlar 

hozirgi dinlarning asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Barcha dinlarda ruh mavjudligi xususida

ta’limot mavjud.

3)Fetishizm. 

Franstuzcha fetish so’zi sehrli narsa, tumor, but, sanam ma’nolarini anglatadi. 

Feteshizm narsalarni g’ayritabiiy deb ishonish va ularga sig’inishni anglatadi. Fetish bo’lib, tosh,

tayoq, moddiy buyumlar bo’lishi mumkin, ya’ni fetishizm jonsiz jismlarga sig’inishdir. 

Fetishizmning rivojlanishi yog’och, loy va boshqa narsalardan yasalgan buyumlar ya’ni 

hunarmandchilikni vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Ibtidoiy odamlar butlar va tumorlarda 

g’ayritabiiy ilohiy qudratning timsolini ko’rsatganlar. Hozirgi kunda ham uning asoratlari 

mavjud bo’lib, ularga sedana, tasbeh, munchoq, qalampirmunchoq, isiriq, ko’ztikan, piyoz, 

sarimsoq, qora murch, daraxtlardan: yong’oq, anjir, jiyda, archa va boshqalar 

tabarruklashtirilgan, muqaddas sanaladi. Fetishizm unsurlari barcha dinlarda hozirgacha yashab 

keladi.

Butlar va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini 

ko’rganlar. Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega bo’lib, ular afsungarlik usullariga

ibnoan bunday buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy 

taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib

qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq bo’lgan animizm, turli totemlar 

hamda o’lib ketgan ajdodlar shaxsiga bog’liq totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real 



buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. 

Natijada ularning ongida zamonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi va nihoyat 

fetishlarning paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda 

ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiylik dunyosidagi buyumlarda ham 

bo’lishi mumkin. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy 

odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi.

Buning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki asosiy 

qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari boshqaradi. 

Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir 

tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda 

ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib 

bordi v insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi.




Download 385,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish