o`rganish falsafa tarixida muxim o`rin egallab kelmokda. Inson o`z bilimi tufayli borliq,
tabiat, jamiyatni va nixoyat, o`z-o`zini o`zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va
uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim
Inson bilishi nixoyatda ko`p qirrali, murakkkab va ziddiyatli
jarayondir.
Gnoseologiya
asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan
shug`ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqib,
gnoseologiya oldiga yangi vazifalar kuyadi. Хususan, XVII asr o`rtalarida yevropalik
faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, xaqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini
o`rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug`ullandilar. Tajribaga asoslangan
bilimgina xaqiqiy bilimdir, degan G`oyani olKa surdilar.
XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy
bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish
natijalarining xaqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs
yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin quyildi.
Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb
ataldilar.
Bilish nima?
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga
qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit
to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan
muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-
korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan
ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.
Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga
berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har
qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos
bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish
zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti
davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi
aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo`lar — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar
yaratish bilan shug`ullanadilar.
Bilishning ikki shakli:
Do'stlaringiz bilan baham: