Oltinchidan,
respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi
va mehnat resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi.
Yettinchidan,
odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham
e’tiborga olindi. Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan
yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa ham davlat boqadi, degan
boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka nisbatan bepisandlik
ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish
zarur edi, albatta.
Milliy istiqlolning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil
O‘zbekistonni barpo etish, har qanday „izm“ lardan xoli xalqchil,
adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki
va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu bosh maqsaddan
kelib chiqqan holda belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |