Akbar Xoshimiy Rafsanjoniyning
O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bilan kelishi ikki mamlakat
o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko‘maklashdi. Safar
chog‘ida tranzit aloqalarni tartibga solish to‘g‘risida hamda
xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar
transport sohasida keng rivojlandi. 1996-yilda O‘zbe-
kiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan
bo‘lsa, 2001-yili bu ko‘rsatkich 487 ming tonnani tashkil
etdi. 2001-yili O‘zbekiston hududi orqali Eronning 750
ming tonna tranzit yuki olib o‘tildi. O‘zbekiston yuklari,
asosan, Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari or-
qali Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda.
1 9 — Q . U s m o n o v
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 9 0
Do'stlaringiz bilan baham: |