„Qardosh xalqlar uchrashuvi“
mavzusida
xalqaro qurultoy bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda „Òurkiston—umumiy
uyimiz“ harakatini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlagan
olamaro mashhur bo‘lgan qirg‘iz yozuvchisi
Chingiz Aytmatov
ma’ruza qildi. Ma’ruzachi va so‘zga chiqqan qardosh xalqlar
vakillari mintaqada yashab o‘tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis
istiqbolda tug‘ilajak avlodlar bog‘liqligi, mintaqa yaxlitligi, ya-
gona Òurkiston tuyg‘usining muqaddasligi haqida so‘zladilar.
Qurultoyda „Òurkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi“ tashkil
etildi. Chingiz Aytmatov Assambleya Prezidenti,
Odil Yoqubov
Assambleya vitse-prezidenti etib saylandi. Assambleyaning
qarorgohi Òoshkent shahrida bo‘lib, Bishkek va Almatida uning
bo‘limlari tashkil etildi.
„Òurkiston—umumiy uyimiz“ g‘oyasini to‘g‘ri tushunish
lozim. Uning tagida Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirish
yoki ular tepasida turuvchi yangi bir tuzilmani yaratish kabi
Do'stlaringiz bilan baham: |