„O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ va boshqa asarlarida mustaqil tashqi
siyosat yuritish qoidalarini belgilab berdi. O‘zbekiston Res-
publikasi Konstitutsiyasining 17- moddasida mamlakatimiz
tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonun-
lashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy
aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi.
„O‘zbe- kiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ gi,
„Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida“ gi,
„Òashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“ gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana
shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik
uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.
Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi
respublika qonunchilik faoliyatida o‘z ifodasini topdi.