Xorijiy Filologiya Fakulteti 5111400-Xorijiy til va adabiyoti
(ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Sheraliyeva Kamolaning malaka amaliyotida amalga oshirgan ishlari
HISOBOTI Qabul qildi : D.A.Sobirova Toshkent – 2022 yil 13.06.2022 yil Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri I.K. O’sarov va kafedra yetakchi o’qituvchilari tomonidan 13 iyun soat 10.00 da “Malaka amaliyoti” oldi konferensiyasi o’tkazildi. Ushbu konferensiyada eng avvalo Malaka amaliyoti mazmuni haqida qisqacha tushuncha berildi. Amaliyot maqsad va vazifalari belgilandi. “Malaka amaliyoti” ishchi dasturi va amaliyot davomida talabalar topshirishi zarur me’yoriy hujjatlar ro’yhati talabalarga malaka amaliyoti raxbari tomonidan tushuntirildi, hamda amaliyotda belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Jumladan, amaliyot raxbari D.A. Sobirova tomonidan amaliyot kundaligini qanday tartibda to’ldirish va amaliyot hisoboti qanday shaklda yozilishi kerakligi izohlandi. Shuningdek, amaliyotda bajarilishi lozim bo’lgan mavzular ro’yhati belgilandi va talabalarga vazifalar berildi. Amaliyot davomida talabalar rioya qilishi kerak bo’lgan qonun-qoidalar mazmuni ham malaka amaliyoti raxbari tomonidan tanishtirildi.
O’zbekiston Milliy Universiteti kutubxonasiga tashrif 1 4.06.2022 yil biz bugun Universitetimiz kutibxonasiga tashrif buyurdik.Kutubxona juda chiroyli va shinam ekan.Ushbu kutubxona haqida juda kop malumotlarga ega bo'ldik.Ushbu kutubxona 1918 yil Turkiston davlat universituti asosiy kutubxonasi sifatida tashkil etilgan va 1968 yildaToshkent davlat universituti maqomi berildi.Va nihoyat 1976 yilda Respublika oliy uquv yurtlari kutubxonalarining ilmiy metodik markazi sifatida tasdiqlangan ekan.Kutubxonaning hozirgi nomi 1995yildan rasman tasdiqlangan ekan . Ushbu kutubxonada 3mlndan ortiq turli fan sohalariga doir adabiyotlar mavjud ekan.Ushbu kutubxonaning diqqatli tarafi ushbu kutubxonada nodir qo'lyozmalar letografiyada tasdiqlangan fan sohalariga doir sharq va garb tillaridagi yodgorlik lar va olimlarning shaxsiy kitoblari mavjud ekan.Kutubxonaga kirib borishdanoq va har bir kitobxonni o'ziga jalb etadi.Kutubxonada bolgan amalyotimiz biz uchun juda qiziqarli va foydali bo'ldi.