2003- yilda qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining
ulushi 99,1 foizga yetdi. Shirkat, dehqon va fermer
xo‘jaliklari asosiy ishlab chiqarish subyektlariga aylandi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning
37 foizi shirkat xo‘jaliklarida, 63 foizi dehqon va fermer
xo‘jaliklarida yetishtirildi. 2005- yilda esa paxtaning
66%i, g‘allaning 55%i fermer xo‘jaliklarida yetishtirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida
qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga
munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga,
o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda.
Shu tariqa respublika xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida
mulk shakllari o‘zgardi, nodavlat mulkchiligi rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |