9 8
Kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, ko‘p bolali
muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash bo‘yicha ajratilgan mab-
lag‘lardan o‘z o‘rnida samarali foydalanishni ta’minlamoqdalar.
Faqat 2000- yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali 54,2 mlrd
so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak
va boshqa turdagi yordamlar
berildi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari tarbiyaga oid masalalar
yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, voyaga
yetmagan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlarini himoya
qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish bilan ta’minlash
kabi ishlarga bosh-qosh bo‘lmoqdalar.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003-
yil „Obod mahalla yili“ deb e’lon qilindi va „Obod mahalla yili“
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha
respublika
komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya yil davomida amalga oshi-
rilishi zarur bo‘lgan tadbirlarning dasturini ishlab chiqdi. 2003-
yil 7- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining „Obod mahalla yili“ dasturi to‘g‘risida qarori e’lon
qilindi.
Mazkur dastur quyidagi muhim maqsad va vazifalarni ha-
yotda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan:
•
mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini mus-
tahkamlash;
•
mahalla faoliyatining amaldagi me’yoriy-huquqiy
bazasini
takomillashtirish, uning vakolatlarini kengaytirish va fuqarolik
jamiyati instituti sifatidagi mas’uliyatini oshirish;
•
mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlash,
mahalla hududida tadbirkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish va savdo
sohalarini
rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish o‘rinlari bar-
po etish;
•
mahallaning ijtimoiy-infratuzilmasini rivojlantirish, uning
hududlarini obodonlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivoj-
lantirish;
•
mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq
yo‘nalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvat-
lashni kuchaytirish;
•
keksa avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish;
•
mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko‘rsa-
tilishini yaxshilash, bolalar
sportini rivojlantirish;
•
mahallaning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy
adolat, o‘zaro mehr-oqibat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi
9 9
bog‘liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish,
ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish.
„Obod mahalla yili“ dasturini bajarilishini ta’minlash maqsa-
dida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirish
bo‘yicha maxsus jamg‘armalar tashkil etildi. Mahallalarda kichik va
o‘rta biznes, shuningdek xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish,
shular hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini tabiiy gaz va
toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqlar qurish, uy-joy
fondini va yo‘llarni ta’mirlash, mahallalarni obodonlashtirish,
zamonaviy mahalla guzarlarini va bolalar sport inshootlarini barpo
etish borasidagi ishlar hajmi aniq belgilandi. „Obod mahalla yili“
dasturini to‘la amalga
oshirish uchun davlat budjeti, budjetdan
tashqari jamg‘armalar, nodavlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar
grantlari va kredit mablag‘lari hisobiga 375,9 milliard so‘m jalb etili-
shi nazarda tutilgan.
Mahallalarimizni yanada obod qilish maqsadida obodonlash-
tirish ishlari amalga oshirildi. 1,7 mlrd so‘m miqdorida mablag‘
sarflanib 310 ta mahalla guzari bunyod qilindi. Ming kilometrlik
suv tarmog‘i va 1 ming 322 kilometrlik gaz tarmog‘i
ishga tu-
shirildi. Mahallalarda 36,2 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari hiso-
biga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tashkil etilib
qariyib 155 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 1,2 mlrd so‘mlik
xayriya yordami berildi.
Shunday qilib, mahalla O‘zbekistonda tarixda birinchi marta
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotga aylandi. Ma-
halla yig‘ini raisi (oqsoqol), mas’ul kotibi lavozimi qonuniy
asosda ta’sis etildi. Mahalla yig‘ini raisi (oqsoqoli) va mas’ul
kotiblariga oylik maosh beriladigan bo‘ldi. Fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlarining mustaqillik yillaridagi faoliyatiga
baho berib, ishonch bilan aytish mumkinki, ular jamiyatni
boshqarishning sharqona va milliy qadriyatlar bilan uyg‘un-
lashgan
fuqarolik jamiyatining negizi, demokratik institut sifatida
o‘zini to‘la oqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: