Pedagogik taktika –
o‘qituvchining o‘quvchilar, ota-onalar, vasiylar va
hamkasblar bilan bo‘ladigan pedagogik munosabatlari jarayonida ko‘zlangan
maqsadga erishish uchun olib boriladigan kurashning muayyan sharoitga mos yo‘l,
shakl, metod va vositalari.
III. Pedagogik jarayondagi yoqtirish (simpatiya), yoqtirmaslik (antipatiya)
va hamdardlik (empatiya).
Yoqtirish (simpatiya), yoqtirmaslik (antipatiya) va
hamdardlik (empatiya) har qanday sohada tegishli kasb egalari tomonidan tashkil
etiladigan muloqotlarda yaqqol ko‘zga tashlanadigan jihatlardan biridir. Ular muloqot
jarayonining umumiy kechishi va yakuniga bevosita ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |