Pedagogik nazokat yordamida hal etiladigan vazifalar
– pedagogik nazokat
o‘qituvchining o‘quvchilar, ota-onalar, vasiylar va hamkasblar bilan bo‘ladigan
muloqotida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, muayyan yutuqlarga
erishish yo‘lida hal qilinadigan maqsadli ishlar. Pedagogik nazokat yordamida
quyidagilar hal qilinadi: o‘quvchilar, ota-onalar, vasiylar va hamkasblar bilan
bo‘ladigan muloqot samarali tashkil etiladi; muloqot jarayonida turli nizolar kelib
chiqishining oldi olinadi; muloqot ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik,
hamkorlik qaror topadi; maqsadlar birligiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |