2. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.
Quyidagi tarkibiy qismlar pedagogik mahoratning muhim asosini tashkil etadi (1-
rasm):
“Pedagogik mahorat” fani ham o‘zining muhim kategoriyalariga ega. Fanning
muhim kategoriyalari quyidagilardir:
Mahorat
– muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik
bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar
majmui.
Pedagogik mahorat
– pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik
bilan, san’atkorona tashkil etilishini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalar
majmui.
Pedagogik ijod
– pedagogning kasbiy jarayonni samarali tashkil etishga
yo‘naltirilgan yaratuvchanlik faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |