Nigora Erkaboyeva


III.  Tarbiya  jarayonini  texnologiyalashtirish



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/198
Sana12.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#336157
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   198
Bog'liq
fayl 775 20210505

III.  Tarbiya  jarayonini  texnologiyalashtirish. 
Ta’lim  jarayoniga  yangi 
pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etish  o‘quvchilar  tomonidan  mavjud  ilmiy 
bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini kafolatlovchi yondoshuv hisoblanadi. Bizga yaxshi 
ma’lumki,  «ta’lim  texnologiyasi»  tushunchasi  ta’lim  jarayonining  mohiyati,  uning 
bosqichlari,  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  shuningdek,  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  o‘rtasida 
kechadigan ta’limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi.  
«Pedagogik  texnologiya»  tushunchasi  esa  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  pedagogik 
faoliyatning  eng  muhim  ikki  jihati,  ya’ni,  ta’lim  hamda  tarbiya  jarayonining 
texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Biroq so‘nggi besh yil mobaynida  yangi 
pedagogik  texnologiyalar  va  pedagogik  faoliyatni  uyushtirish  jarayonida  ulardan 
foydalanish  mavzusida  yaratilgan  manbalarning  deyarli  barchasida  ta’lim 
jarayonining  texnologiyalashtirish  muammosi  uchun  asosiy  ob’ekt  tarzida  qabul 
qilinganligining guvohi bo‘ldik.  
Holbuki,  barkamol  shaxsni  shakllantirish  muammosining  ijtimoiy  zaruriyat 
sifatida e’tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, tarbiya jarayonini tashkil 
etishga  nisbatan  yangicha  yondashuvni  qaror  toptirish,  mazkur  jarayonni 
texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifalardan biri ekanligini yanada 
chuqurroq anglaymiz. 
Tarbiya  jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy g‘oyaga 
asoslangan  hamda  o‘quvchilarda  ma’naviy-axloqiy    sifatlarni  shakllantirishga 
yo‘naltirilgan  pedagogik  faoliyatning  tashkiliy-texnik  jihatdan  uyushtirilishi 
demakdir. 
Ta’lim  jarayonidan  farqli  ravishda,  tarbiya  jarayonini  texnologiyalashtirishda 
mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q. 
Tarbiya    jarayonining  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  o‘quvchi  va  o‘qituvchi  o‘rtasida 
yuzaga 
kelish 
ehtimoli 
bo‘lgan 
ziddiyatlar 
tarbiyaviy 
jarayonni  
texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo 
etadi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalari  amaliyotidan    ma’lumki,  uzoq  yillar 
davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ko‘pchiligi 
tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar rejasida belgilangan 


tadbirlarni  o‘tkazishga  majburman»  qabilida  yondoshib  kelganlar.  Ularning  asosiy 
e’tibori  o‘zlari  raqbarlik  qilayotgan  sinf  o‘quvchilarini  avvaldan  tayyorlangan 
stsenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdek, «maktab 
ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza bo‘lib holishga yo‘l qo‘ymaslik» tamoyiliga 
muvofiq  tarbiyaviy  tadbirni  uyushtirishga  qaratilgan  edi.  Endilikda  tarbiyaviy 
tadbirlarning    o‘tkazilishiga  nisbatan    bunday  yondoshuvlardan  voz  kechish 
maqsadga  muvofiq.  Zero,  tayyor  stsenariy  asosida    muayyan  tadbirni  tashkil  etish 
jarayonida  uning  asosiy  sub’ektlari  bo‘lgan  o‘quvchilar  faol  ishtirokchi  va  tadbir 
natijasini belgilovchi  shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. 
Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan:  
1)
 
o‘quvchilarda  tarbiyaviy  tadbirlarning  o‘tkazilishiga  nisbatan    salbiy 
munosabat shakllanadi; 
2)
 
o‘quvchilarda  mustaqil  fikrlash  hamda    ijodkorlik  qobiliyatining  
tarbiyalanishi uchun  imkoniyat yaratilmaydi; 
3)  o‘quvchilarda  tarbiyaviy  tadbirlarning  o‘tkazilishi  ularning    shaxs  sifatida 
kamol topishlarini ta’minlashga yo‘naltirilganligi haqida emas, balki sinfning  ta’lim 
muassasasi  jamoasi  oldida  «soxta  obro‘»  orttirishi  uchun  xizmat  qiluvchi  vosita 
ekanligi to‘g‘risidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarida  tashkil  etiluvchi  tarbiyaviy  tadbirlarga 
nisbatan    texnologik  yondoshuv  quyidagi  holatlarning  namoyon  bo‘lishi  bilan 
tavsiflanadi: tarbiyaviy tadbir mavzusi va g‘oyasini o‘quvchilar tomonidan bildirilgan 
shaxsiy  tashabbuslar,  ularning  hohish–istaklariga  ko‘ra  belgilash;  tarbiyaviy  tadbir 
stsenariysini  ishlab  chiqishda    o‘quvchilarning  mustaqil  faoliyat  yuritishlari  uchun 
shart-sharoitlarni  yaratish;  tarbiyaviy  tadbir  mazmunida  o‘z  ifodasini  topgan  
rollarning  majburiy  tarzda  emas,  balki  o‘quvchilarning  layoqati,  qobiliyati, 
shuningdek, qiziqishlarini inobatga olish asosida  taqsimlanishiga erishish; tarbiyaviy 
tadbirning  tashkil  etilishi  va  o‘tkazilishida  o‘qituvchining  roli  buyruq  berishdan 
iborat  bo‘lmay,  aksincha,  o‘quvchilarga    yo‘l-yo‘riq  ko‘rsatish,  ularning  faoliyatini 
yo‘naltirib  turish  hamda  zarur  o‘rinlarda    maslahat  berish  sifatida  aks  etishiga 
erishish; tarbiyaviy tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, guruh o‘quvchilarining  
faol ishtirokiga tayangan holda muhokama qilish. Muhokama jarayonida  o‘qituvchi 
tomonidan  turli  tanbehlarning    berilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  aksincha  yo‘l  qo‘yilgan 
xato  va  kamchiliklarning    o‘quvchilarning  o‘zlari  tomonidan    aniqlanib,  ularni 
bartaraf  etish  (keyingi  tadbirni  o‘tkazish  jarayonida  ularning    takrorlanishini  oldini 
olish) yo‘lida chora-tadbirlarni  belgilash  muhim ahamiyatga ega. 
 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish