Nigora Erkaboyeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/198
Sana12.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#336157
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   198
Bog'liq
fayl 775 20210505

 
II.
 
O‘qituvchining  o‘quvchilarni  o‘quv-bilish  (anglash)  faoliyatini  boshqarishdagi 
mahorati.
 Ta’lim muassasalarida o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘quv-bilish (anglash) 
faoliyatini  boshqarishdagi  mahorati  o‘quv  jarayonini  tashkil  etish,  o‘quvchilarning 
o‘quv-bilish  faoliyati  yo‘nalishlarini  oqilona,  aniq  belgilash,  ularning  o‘quv 
topshiriqlarini  bajarishdagi  harakatlarini  nazorat  qilish,  to‘g‘ri  yo‘naltirish,  zarur 
o‘rinlarda maslahat berish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini tashxislash 
va baholashda namoyon bo‘ladi.   
Ta’limni  tashkil  etish  jarayonida  o‘qituvchi  V.P.Bespalkoning  bilish 
nazariyasiga  ko‘ra  psixologik  nuqtai  nazardan  yondashgan  holda  o‘quvchilar 
tomonidan  o‘quv-bilish  materiallarini  o‘zlashtirishdagi  faoliyati  darajasini  quyidagi  
guruhlashtirishi mumkin: 
1-daraja: avval o‘zlashtirilgan materialni ikkilamchi idrok etish (anglash) orqali 
ob’ektlarni bilish va ular asosida oddiy harakatlarni bajarish.  
2-daraja:  avval  bajarilgan  harakatlarni  reproduktiv  (unumli,  samarali) 
harakatlarni mustaqil bajarish yo‘li bilan qayta tiklash.   
3-daraja:  namuna  asosida  harakat  qilish  yo‘li  bilan  produktiv  (mahsuldor) 
harakatlarni tashkil etish orqali yangi bilimlarni egallash. 
4-daraja:  yangi  bilimlarni  mustaqil  o‘rganishga  qaratilgan  ijodiy  harakatlarni 
tashkil etish
16

A.V.Usova  esa  o‘quvchilarning  bilish  ko‘nikmalari  shakllanganlik  darajasi 
quyidagi  mezonlar  asosida  baholash  mumkin  degan  g‘oyani  ilgari  suradi: 
bajariladigan  operatsiyalarning  tarkibi  va  sifati;    ularning  anglanganligi;  ularning 
to‘liqligi va ixchamligi; murakkablik darajasi; ularni bajarishdagi amaliy izchillik
17

Bilish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasi quyidagicha ham  aniqlanadi: 
                                                           
14
 
Богоявленская  Д.Б.  Интеллектуальная  активность  как  проблема  творчества.  –  Ростов-на-
Дону: Изд-во РГУ, 1983. – 176 с. 
15
 Тот источник. – 176 с. 
16
 Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – М.: Педагогика, 1989. – с. 70-71. 
17
  Усова  А.В.  Теория  и  практика  развивающего  обучения,  индивидуально-личностного 
подхода в обучении. – Челябинск: ЧТУ, 1996. – С. 45. 


I (past) – o‘quvchilar tomonidan atigi alohida operatsiyalar bajariladi (tartibsiz, 
anglanmagan); 
II  (o‘rtacha)  –  o‘quvchilar  tomonidan  talab  etilgan  barcha  operatsiyalar 
bajariladi, biroq, ularning izchilligi yetarlicha o‘ylanmagan, harakatlar to‘liq anglab 
yetilmagan;  
III  (yuqori)    –  o‘quvchilar  tomonidan  barcha  operatsiya  va  harakatlar  amaliy 
izchillik asosida ongli ravishda bajariladi
18

N.A.Polovnikova  o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  rivojlantirishdagi  mustaqilliklari 
darajasini quyidagicha guruhlaydi:  1) tahlid qilish; 2) ijodiy ishlab chiqish; 3) ijodiy 
yaratuvchanlik
19

Faoliyat    darajasini        aniqlashga        qaratilgan        turli        yondashuvlarni 
umumlashtirgan holda biz quyidagi yondashuvning bir qadar aniq va asoslangan 
ekanlgiga ishonch hosil qildik: 
1-daraja: reproduktiv (mahsuldor – qayta aks ettirish; unga muvofiq o‘quv-bilish 
faoliyati namuna bo‘yicha amalga oshiriladi); 
2-daraja:  evristik  (ijodiy  ishlab  chiqarish;  unga  ko‘ra  o‘quv-bilish  faoliyati 
topshiriq  va  sharoitlarga  bir  qadar  yaqin  keladigan  algortmning  mustaqil  tanlangan 
varianti bo‘yicha tashkil etiladi); 
3-daraja: ijodiy (faoliyatni mustaqil rejalashtirish va erkin bajarish). 
O‘quvchilarda  o‘quv-bilish  faoliyatini  rivojlantirish  ko‘plab  ob’ektiv  va 
sub’ektiv  omillar  ta’sirida  kechadigan  yaxlit  jarayon  sanaladi.  Har  qanday  jarayon 
muayyan  bosqichlar  asosida  kechadi.  O‘qituvchining  ta’lim  jarayonidagi  mahorati 
o‘quvchilarda  o‘quv-bilish  faoliyatini  rivojlantirish  jarayonini  tashkiliy-metodik 
jihatdan  to‘g‘ri  uyushtirish,  har  bir  bosqichda  aniq  maqsadga  erishishda  namoyon 
bo‘ladi.  
Mohiyatiga  ko‘ra  o‘quvchilarda  o‘quv-bilish  faolligini  rivojlantirish  jarayonini 
quyidagi bosqichlarida kechadi (22-rasm): 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish