21-rasm. Artikulyatsiya gimnastikasi mashqlarining turlari
notiqlik nazariyasi ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi
7
.
Nutq ohangi, to‘xtamlar ham tinglovchilarga bevosita kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Nutqning ritmi (vazni)ga ko‘ra talabaga uzatilayotgan bilimlar, o‘quv materialining
murakkab o‘rinlari pedagog tomonidan asta-sekin bayon qilinadi, oson
o‘zlashtiriladigan qismlarini esa nutqni bir qadar tezlashtirib bayon etish mumkin.
Pedagog o‘z faoliyatida aniq, ravon, ma’noli, ifodali nutqni o‘zlashtira olishi, bir so‘z
bilan aytganda nutq madaniyatini egallashi zarur.
Nutq madaniyati
– o‘z fikrini nutq yordamida mantiqli, to‘g‘ri, obrazli, aniq
va ifodali yetkazib berish malakalarining o‘zlashtirilganlik darajasi.
O‘qituvchi nutqini rivojlantirishga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Xususan,
pedagogik jarayonda ustuvorlik kasb etuvchi muloqot (rahbariyat, hamkasblar,
o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar bilan tashkil etiladigan suhbatlar), bugungi
kunda tobora ommalashib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarga xos leksikon, OAV, ilmiy
va baddiy adabiyotlar, teatr va kino asarlar. O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega
bo‘lishi uchun u tomonidan doimiy, izchil ravishda o‘z nutqi ustida ishlash talab
etiladi. Bunda o‘qituvchi nutq madaniyatini rivojlantirishda samarali bo‘lgan
yo‘llardan foydalanishi mumkin.
Har bir shaxs, xususan, o‘qituvchining nutq madaniyatini rivojlantirishning bir
necha yo‘llari mavjud. Ular:
1. Nutqni o‘stirish ustida mustaqil ishlash (oyna yonida turgan holda bir-bir
asardan monolog ijro qilish, kitob o‘qitish).
2. Badiiy jihatdan mukammal bo‘lgan she’rlar va qo‘shiqlar yodlash (ham xotira
mustahkamlanadi, nutq rivojlanadi, badiiy did o‘sadi).
3. Badiiy asarlarni mutolaa qilish va o‘qilgan asar yuzasidan hamkasblari,
o‘quvchilar bilan o‘zaro fikr almashish.
4. Audio yozuvlar vositasida nutqni rivojlantirish (yozuvlarni tinglash va
birgalikda takrorlash).
5. Badiiy-havaskorlik teatr jamoalari faoliyatida ishtirok etish.
6. Nutqdagi asosiy kamchiliklar (duduqlanish, ravon va erkin gapira olmaslik,
hayajonlanish, mantiqiy fikrlash bilmaslik)ni bartaraf etish maqsadida mutaxassis
maslahatini olish.
Shunday qilib, nutq tilning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, u kishilar
o‘rtasida o‘zaro axborot almashish uchun xizmat qiladi. Nutq nafaqat inson hayotida,
shu bilan birga jamiyat taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutadi. Binobarin, milliy til
rivoji, nutqning ravon, aniq, to‘g‘ri, turli qusurlardan holi tarzda ifodalanishi ijtimoiy
munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Pedagogning ovozi bir qator
xususiyatlarni, xususan, jarangdorlik, keng diapazonga egalik, havodorli, ixchamlik,
harakatchanlik, chidamlilik, moslashuvchanlik, qarshi shovqinlarga nisbatan
barqarorlik hamda suggetsivlikni namoyon eta olishi zarur.
Nutqning hosil bo‘lishida bir qator nutq organlari ishtirok etadi. Umumiy nom
bilan nutq apparti deb nomlanuvchi ushbu organlarning nutq hosil qilishdagi muhim
roli va o‘rnini anglagan holda o‘qituvchi o‘z faoliyatini ularning gigienasiga, nutq
texnikasiga, shu bilan birga nutq madaniyatiga ega bo‘lishga e’tibor qaratishi zarur.
7
Нутқ маданияти / Ўқув-методик қўлл. – Тошкент: ТДПУ, 2004. – 4-бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |