“Mijoz –
server”
arxitekturasi quyidagicha qurilgan: o MB fayllar to`plami shaklida
maxsus kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq
diskida joylashadi.
o
MBBT ham tarmoq serverida joylashadi.
o
Mijoz kompyuterlaridan iborat bo`lgan lokal tarmoq mavjud bo`lib,
har bir
kompyuterda MB bilan ishlovchi mijoz dasturi o`rnatilgan.
o
Har bir mijoz kompyuterda foydalanuvchilar dasturni ishga tushirish
imkoniga ega. Dasturning foydalanuvchi interfeysi yordamida foydalanuvchilar
ma`lumotlarni tanlash/yangilash uchun serverdagi MBga murojaat qiladi.
Murojaat qilish uchun maxsus SQL so`rovlar tili ishlatiladi, ya`ni serverga faqat
so`rov matni jo`natiladi.
o
MBBTda serverdagi MBning jismoniy tuzilmasi haqidagi
ma`lumotlar saqlanadi.
o
MBBT serverdagi ma`lumotlarga murojaatni qayd qiladi va serverda
ma`lumotlarni qayta ishlash amallari bajariladi va natija mijoz kompyuteriga
yuboriladi. Shu tarzda MBBT natijalarni mijoz dasturiga yuboradi.
o
Dastur esa o`zidagi foydalanuvchi interfeysi yordamida natijalarni
tasvirlab beradi.
7.1.3-rasm. ‘Mijoz-server’ arxitekturasi
Bajariladigan funktsiyalar server va mijoz o`rtasida qanday taqsimlanganini ko`rib
chiqamiz.
o
Mijoz dasturi funktsiyalari:
-
so`rovlarni serverga jo`natish;
-
serverdan olingan so`rov natijalarini talqin qilish.
-
natijalarni
biror
shaklda
foydalanuvchiga
ko`rsatish
(foydalanuvchi interfeysi).
o
Server funktsiyalari:
-
mijoz –dasturlardan so`rovlarni qabul qilish.
-
so`rovlarni talqin qilish.
-
MB ga so`rovlarni optimallashtirish va bajarish;
-
natijalarni mijoz-dasturga jo`natish;
-
xavfsizlik tizimini va murojaatni chegaralash;
-
MB butunligini boshqarish;
-
ko`p foydalanuvchili ish rejimi stabilligini ta`minlash.
“Sanoat” MBBTlari “mijoz – server” arxitekturasiga asoslanadi. Sanoat MBBT
lari deb atalashiga sabab, aynan shu tipdagi MBBTlar o`rta va yirik masshtabli
korxona, tashkilot va banklarning axborot tizimlarining faoliyatini ta`minlab
beradi. Sanoat MBBT lariga MS SQL Server, Oracle, Gupta, Informix, Sybase,
DB2, InterBase va boshqalar misol bo`ladi.
Tartibga ko`ra, SQL – serverga bitta xodim yoki xodimlar guruhi (SQL – server
administratori) tomonidan xizmat ko`rsatiladi. Ular MBning jismoniy
xarakteristkalarini boshqaradi, MB turli komponentlarini rostlaydi va qayta
aniqlaydi, optimallashtiradi, yangi MBlarini yaratadi, mavjud MBlarini
o`zgartiradi hamda turli foydalanuvchilar vakolatlarini belgilaydi.
Bu arxitekturaning “fayl-server” arxitekturaga nisbatan afzalliklarini ko`rib
chiqamiz:
o
Tarmoq trafigi keskin kamayadi.
o
Mijoz dasturlarining murakkabligi kamayadi (asosiy yuklama server
qismiga beriladi), buning natijasida mijoz kompyuterlarining apparat
quvvatlariga bo`lgan talab pasayadi.
o
Maxsus dasturiy vosita -– SQL-serverni mavjudligi – loyihaviy va
dasturlash
masalasining kattagina qismini yechilishini ta`minlaydi.
o
MB butunligi va xavfsizligi oshadi.
Bu arxitekturaning kamchiligi sifatida apparat va dasturiy ta`minot hamda turli
joylardagi ko`p sonli mijoz kompyuterlardagi mijoz-dasturlarni yangilash uchun
zarur bo`ladigan yuqori moliyaviy xarajatni aytish mumkin. Shunga qaramasdan
“mijoz-server” arxitekturasi amalda o`zini oqladi va hozirgi paytda joriy
arxitektura asosidagi ko`pgina MBlari mavjud va ishlatilmoqda.
“Fayl – server” va “mijoz – server” arxitekturalari farqi.
Quyidagi misol orqali
tizimlar tahlilini amalga oshiramiz.
1- misol. Firmada buyurtmachi va buyurtma haqidagi ma`lumotlar “Manzil” va
“Hisob” nomli jadvallarda saqlanadi. Jadvallar quyidagi atributlardan tashkil
topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |