O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


SHu  jihatdan  ham,  mehmon  hamda  mezbon  oldiga  etiket  quyidagi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

SHu  jihatdan  ham,  mehmon  hamda  mezbon  oldiga  etiket  quyidagi 
talablarni qo‗yadi:
 
Mehmon  uchun  joyni  to‗ri  bu  –  ularni  kamroq  bezovta  qiladigan  hamda  ular 
uchun  qulay  bo‗lgan  joydir.    YA‘na  e‘tiborli  joy  uy  egasini  chap  yoki  o‗ng 
tomonida ham bo‗lishi mumkin.  
Uy bekalari stol chekkasida, ba‘zi-ba‘zida oshxonadan xabar olib kelish uchun 
chiqishga qulay bo‗ladigan joyda o‗tiradi.  


 
191 
Uchrashuv  tashqilotchisi  va  uy  egasining  vazifasi  mehmonlarda  do‗stona 
munosabat va yaxshi kayfiyatni vujudga keltirishdir.  
Stolga  o‗tirgach  gavdani  to‗g‗ri  tutishga  harakat  qilmoq  lozim.    Stulda 
cho‗zilmasdan, bir oz suyangan holda o‗tirgan ma‘qul.  
Mehmonlarni  yashash  tarzi,  yoshi,  faoliyatiga  qarab  dasturxon  uchun  mebel 
jihozini  tanlagan  ma‘qul:  agar  xontaxta  o‗tirishga  o‗rgangan  mehmonlar 
ko‗pchilikni  tashqil  qilsa,  ko‗p  hollarda  qarindoshlarni  kutganda,  xontaxtadan 
foydalangan  yaxshi.    Ishxonadan,  yoshlar,  umuman  xontaxta  atrofida  o‗tirishga 
o‗rganmagan  mehmonlar  uchun  stol  yaxshi.    Albatta  bunda  moddiy  imkoniyatlar 
ham nazarda tutiladi.  Agar sharoitingiz bo‗lmasa, qariyalarga yumshoq kursi taklif 
qilgan ma‘qul.  
Tirsak stolga qo‗yilsa, yonveridagilarga halaqit beradi.  
Likopchaga haddan tashqari egilib ovqatlanilmaydi.  
Sochiqni tizzaga yoyib olgan ma‘qul.  Qo‗l va lablarni qog‗oz salfetkalar bilan 
artgan yaxshi.  
Ovqatlanib bo‗lgandan so‗ng sochiq stolga qo‗yiladi.  
Ovqatni uy bekasining o‗ng tarafida o‗tirgan ayoldan boshlab o‗zatiladi.  
Ovqatni  sizga  yoqmagani  yoki  to‗g‗ri  kelmasligini  bahona  qilib  taomdan  voz 
kechilmaydi.    Raddiya  zarur  bo‗lsa,  o‗zoq  tushuntirishlarsiz,  odab  bilan  buni 
bajarish  lozim.    O‗zbeklarda  nomiga  qoshiqni  og‗izga  olib,  tashakkur  bildirib 
qo‗yiladi.  
Agar qoshiq yoki sanchiqni tushirib yuborsangiz, uni olishga harakat qilmaslik 
kerak    Boshqa  tozasini  so‗rash  joiz.    Ovqatlanayotgan  paytda  sanchiqni  chap, 
pichoqni o‗ng qo‗lda ushlaydilar.  
Kichik barmoqni yuqoriga ko‗tarib, qolgan barmoqlar bilan qoshiq yoki shunga 
o‗xshash  narsalarni  ushlash  yaxshi  emas.    Qoshiqni  birovga  o‗zatayotganda 
o‗rtasidan ushlagan holda berish lozim.  Qo‗ldan olganda esa qoshiqni ushlaydigan 
joyidan oladi.  


 
192 
Issqiq  ovqatni  yo  ichimlik  puflab  ichilmaydi.    CHappilattib  eyilmaydi.  
Xo‗rrilatish  ham  adabsizlik  sanaladi.    YAxshi  tarbiya  ko‗rgan  kishi  ovoz 
chiqarmasdan, tinchgina, bamaylaxotir, shoshilmay va shalpaymay ovqatlanadi.  
Umumiy ovqatdan eng katta bo‗laklarni olib eyish yaxshi emas.  Faqat oldidan 
olib egan ma‘qul.  
Og‗izni to‗ldirib eyish yoki katta tishlamagan yaxshi.  Ovoz chiqarib emaslikka 
harakat qilish, og‗izni yumib chaynash lozim.  
Dasturxonda  siz  uchun  kerak  bo‗lgan  narsaga  cho‗zilib  intilmay,  o‗zatib 
yuborishni iltimos qilish lozim.  
Og‗zingizni kuydirib olsangiz, ketidan sovuq suv ichib yuborish joiz.  Bundan 
boshqacha harakatlar noo‗rin.  
Og‗izga  tushgan  nobop  taom,  qanchalik  ko‗ngilni  bo‗zmasin,  uni  chaynab 
yutish  shart.    Imkon  bo‗lmasa  bildirmasdan,  undan  «qutulish»  kerak    Og‗izdan 
faqat baliq qiltanoqlari yoki mevani danaklarigina chiqishi mumkin.  
Agar tuzdonda qoshiq topilmasa, tuzni pichoqni uchida olib ishlatish mumkin.  
Bunda pichoq albatta, quruq va toza bo‗lmog‗i darkor.  
Ovqatlanish  vaqtinchalik  to‗xtatilganida,  qoshiq  va  sanchiqlar  asbobi  kosani 
ustiga  qanday  ushlangan  bo‗lsa  shunday  qo‗yiladi.    Kosaning  ustiga  ushlagichi 
bilan  bir-biriga  parallel  qo‗yilgan  anjomlar  kosani  almashtirish  yoki  yig‗ishtirib 
olish mumkin ekanligini bildiradi.  
Uy  egasi  hammadan  oldin  boshlab,  hammadan  keyin  ovqatlanishni  to‗xtatadi.  
Ayniqsa, agar u oxirgi taom bo‗lsa, boshqalar tugatishini kutib turish lozim.  
Dasturxon  ustida  cheqilmaydi.    Agar  erkak  kishi  dasturxondan  turishni  istasa, 
ruxsat so‗raladi.  
Bayram oldi dasturxon atrofiga faqat yoshi kattaroq bo‗lgan bolalarni o‗tqizgan 
ma‘qul.    Bunda  ular  barchadan  oldin  dasturxonga  qo‗l  o‗zatishlari  joiz  emas, 
hamda kattalar boshlab bergandan keyin boshqalarni taklif qilgandan so‗ng taomni 
boshlagan ma‘qul.  


 
193 
Bundan tashqari, kattalar  bilan dasturxon  atrofida o‗tirgan bolalar  madaniyatli 
bo‗lgan  kattalar  kabi  umumiy  qoidalarga  bo‗ysungan  holda  o‗zlarini  tutishlari 
lozim.  
Mehmonlar  kelgandan  so‗ng  mezbon  televizorni  o‗chirib  qo‗ygan  ma‘qul.  
Faqat  ba‘zi  holatlardagina  mehmonlarga  barcha  yig‗ilgunga  qadar  qiziqarli 
ko‗rsatuvni ko‗rishni tavsiya etish mumkin.  Mehmonlar bu taklifingizga nisbatan 
e‘tiborsizlik bildirsalar, bu fikrdan qaytgan ma‘qul.  
Uy 
bekasi 
kunini 
oshxonada 
o‗tkazmasligi 
kerak 
 
Oldindan 
mehmondorchilikka  tayyorlanib  qo‗yish  lozim.    Mehmonlar  bilan  bir  oz 
o‗tirish darkor.  
Idish  yuvishni  keyinga  qo‗yish  kerak    Bunday  paytlarda  unga  dugonasi,  yoki 
qarindoshi yoki turmush o‗rtog‗i yordam berishi mumkin.  
Uyga  mehmonlar  tashrif  buyurganlarida  o‗zundan-o‗zun  telefon  suhbatlarini 
qurish  maqsadga  muvofiq  emas..    Uy  egalari  dasturxon  atrofida  nafaqat  tashqiliy 
jihatdan, balki munosabat olib borish jihatdan ham ustamon bo‗lishlari lozim.  
Ular  biror  bir  o‗tirganlarning  befarosatligi  tufayli  vujudga  kelgan  noqulay 
holatlarga  barham  bergan  holda,  hajviyalarni  haddan  tashqari  chegaradan 
chiqmasligini ham ko‗zatib turishlari kerak  
Ular mehmonlarning har biriga alohida e‘tibor bilan qarashlari lozim.  
Uy  bekasi  tomondan  tayyorlangan  taomni  tanqid  qilish  mumkin  emas.    Biroq 
maqtash – shart.  
Dasturxon atrofida kasalliklar va ko‗ngilsiz narsalar haqida gapirilmaydi.  
Sizdan  o‗zoqroq  joylashib  olgan  odam  bilan,  suhbat  olib  bormang,  unga 
yaqinroq o‗tirib olish imkoniyatini kutish mumkin.  
Qiziqarsiz  va  boshqalarga  tushunarsiz  bo‗lgan  mavzularni  chetlab  o‗tgan 
ma‘qul.  
Ketishdan  avval  yaxshi  mehmondorchilik  va  qiziqarli  o‗tkazilgan  vaqt  uchun 
uy egalariga minnatdorchilik bildirib qo‗yishni kanda qilmaslik lozim.  
Boshqalardan  avvalroq  turib  ketmoqchi  bo‗lsangiz,  bildirmasdan  chiqib 
ketishga harakat qiling.  Uy egalaridan o‗zr so‗rab xayrlashiladi.  


 
194 
Mehmondorchilikda  yarim  tungacha  qolib,  o‗tirib  qolmang.    Ayniqsa  agar 
mezbonlarning farzandlari bo‗lsa.  
Mehmonlar  ketgandan  so‗ng  xonani  ko‗zatib  chiqib,  imkon  qadar  tartib  bilan 
yig‗ib qo‗yish lozim.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish