Tilak bildirish
Mehmon sog‗lig‗i uchun aytilgan tilaklar.
Agar mezbon biror-bir mehmon
uchun tilaklar izhor qilsa, unda to mehmondorchilik tugagunga qadar u qolgan
mehmonlarni nazardan qoldirmasligi lozim .
Mehmonlar bo‗lsa, faqat kechaning sababchisi uchungina tilak bildiradilar.
Agar tilak uy egasiga aytilgan bo‗lsa, uy bekasi ham chiroylik izhorlardan qolib
ketmasligi lozim.
199
Tilak aytilgan vaqtda dasturxon atrofidagilar uni izhor qilayotgan kishiga
nisbatan hurmatni ko‗rsatish uchun emak jihozlarini likop chetiga qo‗yib, o‗zaro
suhbatlar va tanovulni to‗xtatib diqqat bilan tinglaydilar.
Tilak uchun eng qulay vaqt ovqatlar orasidagi tanaffusdir, chunki bu vaqtda
odamlar ovqat eyishdan to‗xtagan bo‗ladi, ovqat sovumaydi va hammaning diqqati
notiqda bo‗ladi. Dasturxonga ovqat tortilayotgan va odamlar ishtaha bilan eb
turgan vaqtda so‗z boshlamaslik kerak
YAxshilab gapirilgan, jonli va qisqa tilak ziyofatni qizitib, jonlantirib yuboradi.
Nutqning qisqa va tushunarli bo‗lishi – asosiy shartdir. Tantanali qabullarda
odatda, erkaklar tilakni o‗rinlaridan turgan holda tinglaydilar, ayollarni turishlari
shart emas. Agar izhor qiluvchi tilakdan oldin bokal to‗ldirilgan vinoni ko‗krakka
qadar ko‗tarib olgan bo‗lsa, unda boshqa erkaklar ham huddi shu vaziyatda
turadilar.
Agar izhor qiluvchi tilakdan avval bokalni qo‗lga olmasa, unda boshqa
erkaklar ham tinglayotganlarida xuddi shu vaziyatni saqlaydilar, faqatgina tilak
nihoyasiga etgandan so‗nggina, odatda tilak aytuvchi so‗zini tugatgach, bokalni
qo‗liga olganda, ular bokallarni qo‗llariga oladilar.
O‗z nomiga aytilgan tilakning egasi tilak bilan javob bermog‗i darkor. Tilakda
aytilgan maqtovlarni ayol kishi tabassum bilan qabul qilib, boshqalar turgan
bo‗lsalar ham o‗z joyida o‗tiraveradi. Bu paytda u qo‗lida vino to‗ldirilgan
bokalni, to izhor tugagunga qadar ushlab turadi.
Aslida olganda, tilak aytilgan izhor «egasi» hech qachon to, boshqalar
ichmagunlariga qadar ichimlikdan ichmaydi, aks holda esa, u o‗zi uchun o‗zi
qadah ko‗tarib, nokamtarinlik qilgan bo‗ladi.
Stol qarshisida o‗tirgan ayol bilan tilak bildirgan kishi uning nigohini
«tutib
olib»
qadahni nomiga ko‗tarib bajaradi. U agar boshqalar turmasalar yoki bunga
bir asos bo‗lmasa, o‗rnidan turmaydi. Agar juftlik xoli o‗tirishgan bo‗lsalar, tilak
sifatida erkak bir-ikki og‗iz yarim hazil so‗zlar bilan, masalan,
«chiroyli
ko„zlaringiz uchun», «baxtli daqiqalar uchun»
ichishga taklif qilish bilan
kifoyalanadi.
200
Ovrupo davlatlarida ba‘zida tantanali tilaklardan keyin ichib bo‗lgan qadahni
erga urib sindiradilar. Bizda esa biror narsani sinishi yaxshilik alomati deb
hisoblanmaydi.
Rasmiy tushliklarda tanovul tugagunga qadar tilaklar aytilmaydi va ular
tantanali nutqlar oldidan aytiladi. Ilk tilakni soqiy aytadi, qolganlarini esa – uning
ruxsati bilan izhor qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |