O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Kiyim  va  mehmonning  tashqi  ko‗rinishi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Kiyim  va  mehmonning  tashqi  ko‗rinishi. 
Rasmiy  qabul  marosimi  taklif 
etilgan mehmonning tashqi ko‗rinishi muhim rol o‗ynaydigan tantanali marosimlar 
turiga  kiradi.    Qadim  zamonlardan  bugungi  kungacha  qabul  marosimlarida 
kiyiladigan kiyimlarni tanlashning qoidalariga qat‘iy amal qilish urf-odati saqlanib 
kelmokda.  Ushbu qoidalarga rioya qilish zaruriyligi hamon zamon talabidir.  


 
105 
Erkak  kishilarning  kiyimi  konservativ  ekanligi,  qat‘iy  cheklanganligi  bugungi 
kunda  ham  o‗z  dolzarbligani  yo‗qotmagan.    Rasmiy  tadbirlar  uchun  erkak 
kishilarga smoking, frak yoki klassik kostyum kiyish tavsiya etiladi.  
Smoking  va  frak  —  bugungi  kunda  kechki  kostyumlarning  turi  bo‗lib,  dunyo 
protokol tajribasida yanada keng foydalanilib kelinmokda.  
Frak  majburiy  bo‗lgan  hollarda,  rasmiy  taklifnomalarda  «oq  galstuk»  deb 
belgilanadi.  Oxirgi paytlarda bu libos kam kiyiladi (Frakni erkaklar asosan Nobel 
mukofoti  bilan  taqdirlash  tantanali  tadbirlarida,  Qirol  va  Podshohlarning  saroy 
qabullarida,  La  Skala  premera  spektakllarida,  ba‘zi  mamlakatlarda  ishonch 
yorliqlarini topshirish marosimlarida kiyadilar).  Klassik frak uchun oq kamzul va 
oq «kapalak-bo‗yinbog‗» kerak bo‗ladi.  (qora «kapalak-bo‗yinbog‗» va frak faqat 
ofitsiantlar  yoki  orkestr  musiqachilari  tomonidan  kiyiladi).    Frak  kiyganda  qo‗l 
soati taqilmaydi.  Erkaklar paypoqlarinipg rangi kostyum rangidan to‗qroq bo‗lishi 
kerak  va  bu,  o‗z  navbatida,  kostyum  va  oyoq  kiyim  rangining  uyg‗unlashishini 
ta‘minlaydi.  
Taklifnomada  «qora  bo‗yinbog‗»  deb  belgilansa,  smoking  kiyish  majburiy 
hisoblanadi.  Smoking pidjaki bir yoki ikki bortli bo‗lib, tik yoqali yoki keng yoqa, 
astari  shoyi  matodan  tiqilgan  bo‗ladi.    SHimlarning  ikki  chekkasiga  shoyi  kant 
tiqiladi.  Klassik smoking qora rangda bo‗ladi.  
Smoking  ichidan  oq  kraxmallangan  tik  yoqali,  old  qismi  «plisse»dan  iborat, 
engi «zaponka» taqiladigan ikki manjetli ko‗ylak kiyiladi.  
«Kapalak bo‗yinbog‗» qora yoki to‗q ko‗k rangda bo‗ladi.  SHim belbog‗i ham 
to‗q  rangda  bo‗lishi  kerak    Ko‗krak  cho‗ntagiga  oq  shoyi  matodan  tiqilgan 
dastro‗molcha solib qo‗yiladi.  
Erkaklar paypoqlari shoyi matodan va qora rangda bo‗lishi kerak  
Qora lakli botinkalar faqat smoking bilan birga kiyiladi.  
Davlat  rahbari  va  uning  rafiqasi  nomidan  o‗tkaziladigan  rasmiy  qabul 
marosimlarida protokol tajribasiga ko‗ra klassik kostyum kiyiladi.  


 
106 
Kostyumga  bo‗lgan  talablar  oddiydir:  kostyum  yaxshi  bichilgan  va  sifatli 
matodai tiqilgan,  bosiq  rangda  bo‗lishi kerak Rasmiy kostyum  bir rangda bo‗lishi 
lozim.  
Kechki  tadbirlar  uchun  to‗q  ko‗k  yoki  to‗q  qo‗l  rangdagi  kostyum  nihoyatda 
mos  keladi  (u  bilinar-bilinmas  yo‗l-yo‗l  bo‗lishi  ham  mumkin).    Qora  rangdagi 
kostyum  kiyish  maqsadga  muvofiq  emas.    Soat 20.00.dan  ilgari  boshlanadigan 
tadbirlarga och rangdagi kostyumlarni kiyish mumkin.  Ko‗ylak va galstuk kechki 
kiyimning  ajralmas  qismi  hisoblanadi.    Barcha  rasmiy  tadbirlarga  erkaklarga  oq 
ko‗ylak va bosiq ranglardagi galstuk tavsiya etiladi.  
Germaniyada  erkaklar  odatda  «dvoyka»  –  ikki  kiyimlik  kostyumlar  kiyadi, 
ularning rangi to‗q ko‗k yoki to‗q qo‗l rang bo‗lishi mumkin.  
Ayollar kiyimi erkaklarnikiga nisbatan hamisha tiqilish turi va rangiga bo‗lgan 
talablarga  ko‗ra  ko‗proq  erkinlikka  ega  bo‗lib  kelgan.    Erkaklar  kiyimidan  farqli 
o‗laroq, ayollar kiyimiga cheklashlar kiritish nisbatan qiyin, lekin shuni esda tutish 
lozimki, ayollar rasmiy kiyimining asosini klassik shakllar va ranglar tashqil etishi 
kerak  
Ayollar kiyimi davr va moda talablari bilan hamnafas bo‗lishi darkor.  
Kundo‗zgi  qabul  marosimlariga  (agar  taklifnomada  kiyim  borasida  maxsus 
yo‗riqnomalar mavjud bo‗lmasa) ayollar oddiy o‗zunlikdagi ko‗ylak yoki ko‗ylak-
kostyum kiyishlari mumkin.  Kechki qabullarga (agar taklifnomada kiyim borasida 
maxsus  yo‗riqnoma  mavjud  bo‗lmasa)  kechki-bayramona,  oddiy  o‗zunlikdagi 
ko‗ylaklar  yoki  ko‗ylak-kostyumlar  kiyish  mumkin.    Tushlik  yoki  kechki 
qabullarga  berilgan  taklifnomada  «kechki  libos»  deb  ko‗rsatilgan  bo‗lsa,  ushbu 
tavsiyaga rioya qilish maqsadga muvofiq.  
Ayollarning  kechki  liboslari  ikki  xil:  o‗rtacha  o‗zunlikda  (erdan  15-20sm 
balandlikda)  va  o‗zun  (ergacha)  bo‗ladi.    Oxirgi  paytlarda  o‗zun  ko‗ylaklar  kam 
kiyilmokda.    Kundo‗zgi  qabullar  va  «kokteyl»  yoki  «furshet»  qabullariga  qulay 
poshnali  oddiy  tufli  kiyiladi.    Kechki  bayramona  ko‗ylaklarga  yuqori  poshnali 
zamsh,  parcha,  oltin  yoki  kumush  rangli  charmdan  qilingan  tuflilar  kiyiladi.  


 
107 
Kechki  ko‗ylakka  mos  qilib  shoyi  qo‗lqop  kiyish  mumkin.    Agar  ko‗ylak  englari 
o‗zun bo‗lsa, qo‗lqop kiyilmaydi.  
Zebu  ziynatlarga  kelganda,  ko‗p  mamlakatlarda  kundo‗zgi  qabullarga 
bijuteriya,  kechqurungilariga  esa  asl  qimmatbaho  zebu  ziynatlarni  taqish  odat 
tusiga kirgan.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish