10
JSST ehtiyojga qarab 10 yilda bir marta kasalliklar, jarohatlar va o’lim
sabablari xalqaro statistik klassifikatsiyalarini qayta ko’rib chiqiladi, oziq-ovqat,
biologik, farmatsevtik va boshqa dori-darmonlarga standartlar o’rnatiladi
hamda
BMT va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar olib boriladi.
- BMT bolalar jamg’armasi (YUNISEF)
- oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi masalalari tashkiloti (FAO)
- nodavlat xalqaro tashkilotlar (Qizil Krest Jamiyati ligasi, Xalqaro
Reabilitasiya Tashkiloti, Jahon Tibbiyot Uyushmasi va boshqalar).
Ustavga binoan JSST oliy organi deb Jahon Sog’liqni Saqlash Assambleyasi
hisoblanadi va har yili Jenevada sessiyasi o’tkaziladi. Sessiyalar oralig’ida JSST
a'zolari bo’lgan 30 davlat vakillaridan iborat 3 yil muddatga saylanuvchi Ijroiy
Qo’mita oliy organ hisoblanadi. JSST Ustaviga binoan 6 hududiy byurolar tashkil
etish ko’zda tutilgan (Afrika va Amerika mamlakatlari, Janubiy-Sharqiy Osiyo,
Yevropa, Sharqiy O’rtayer dengizi, Tinch okeani). Hududiy byurolar vazifalariga
milliy sog’liqni saqlash xizmatlarini rivojlantirish, salomatlik holatini o’rganish,
mutaxassislar tayyorlash kiradi.
Hududiy byurolar sog’liqni saqlash xizmatlari, stipendiyalar, axborotlar va
boshqaruv-moliya bo’limlariga ega. BSST dasturlarini ijrosi uchun xalqaro
brigadalar
tashkil etiladi, ular milliy sog’liqni saqlash xizmatlari ishlariga rahbarlik
qiladilar.
"JSST Byulleteni" asosiy davriy ilmiy nashr hisoblanadi.
Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti jahonda davlatlar va hududlar miqyosida
salomatlik va sog’liqni saqlash ishlari ahvoli bilan shug’ullanadi, u aholilar
salomatligini aniqlaydi va yaxshilash yo’llarini izlaydi. Bu maqsadlarda
seminarlar, majlislar, simpoziumlar, konferensiyalar o’tkaziladi va ularda
salomatlikni yaxshilash dasturlari (yo’nalishlari) ishlab chiqiladi.
1977 yilda Assambleya sog’liqni saqlash (yig’ini) "2000 yilda barchaga
salomatlikka" erishish maqsadini qo’ygan va keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyat o’zgarishini hisobga olgan holda maqsadga erishish uchun uzaytirilgan
maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.
To’qqizinchi dastur asosiy dasturlardan biri va uning 2 vazifasi mavjud:
1) 1977-2000 yillarga butunjahon harakati siyosatini aniqlash;
2) JSSTning shu davrlar uchun dasturini ishlab chiqish.
Ishlab chiqilgan dasturlardagi asosiy kuch muhtoj mamlakatlarni qo’llab-
quvvatlashga qaratilgan. Shu sababli, dastur 3 bobga bo’lingan:
1- sog’liqni saqlash
sohasi ahvoli va tendensiyasi;
2- umumsiyosiy va JSST dasturlari doiralari;
3- dasturlar boshqaruvining umumiy tamoyillari.
1. "Sog’liqni saqlash sohasi ahvoli va tendensiyasi"ning birinchi bobida
ta'kidlanishicha, jahon xalqlari salomatligi ahvoli, aholini sog’liqni saqlash
xizmatlari tomonidan qamrab olinishi yaxshilandi, biroq barcha insonlar ulardan
teng foydalana olmaydilar.
Tibbiy yordam oluvchi va ko’rsatuvchi shaxslar orasida
yetarlicha hamkorlik
yo’q. Sog’liqni saqlash rivojlanishi hamma yerda va har doim salomatlik
11
yaxshilanishiga yordam bermaydi, shuning uchun atrof-muhit sog’lomlanishiga
e'tibor qaratish zarur, faqat tibbiy yordam ko’rsatish emas, ko’proq salomatlikni
mustahkamlash va qo’riqlash lozim.
Dastur ijrosi uchun bor resurslardan foydalanish, tibbiy-sanitar yordamni
haqqoniy ta'minlashga ko’proq e'tibor berish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Ko’plab mamlakatlarda sog’liqni saqlash muammolari xalqaro harakatlar
yordamida hal etilmoqda.
Fojialar, tabiiy ofatlar mamlakatlar iqtisodi va rivojlanishiga jiddiy zarblar
yetkazmoqda. Afsuski, fojialar soni ko’paymoqda,
natijada qurbonlar va
jarohatlanganlar soni oshmoqda. Yer qimirlashi, to’fonlar, suv toshqinlari,
shuningdek, xavfli kimyoviy moddalarni tashlanishi va boshqa sanoat avariyalari,
milliy va xalqaro tashkilotlarning o’z vaqtida e'tibor berishini qiyinlashtirmoqda.
2. "Umumsiyosiy va JSST dasturlari doiralari" bir nechta bo’limlarga ega:
Birinchi bo’limda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami to’g’risidagi Olma-
Ota konferensiyasi (1978 y.) eslatiladi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami barcha
uchun salomatlikka erishish umumstrategiya asosini tashkil etadi.
Ikkinchi bo’limda ta'kidlanishicha, JSST bosh vazifalari quyidagilar:
1) texnikaviy hamkorlik;
2) xalqaro sog’liqni saqlash ishlarini muvofiqlashtirish.
Bu
ish axborot tarqalishi, me'yor va standartlarni ishlab chiqish, rejalar va
siyosat, mutaxassislar tayyorlash, ilmiy izlanishlarga yordam, to’g’ridan-to’g’ri
texnik maslahatlar va resurslarni jamlashni o’z ichiga oladi.
Shu bilan bir qatorda davlatlar imkoniyatlari, milliy va xalqaro darajada olib
borilayotgan ishlar hisobga olinadi.
- JSST Ustavida (1946 y.) barcha xalqlar oliy darajada
salomatlikka erishishi
yakuniy maqsad qilib ko’rsatilgan, ya'ni bu har bir odamning asosiy huquqi
hisoblanadi.
- 1977 yilda Sog’liqni Saqlash Assambleyasi bu xuquqlarni "2000 yilga
qadar salomatlik hamma uchun" deb e'lon qildi. JSST bunday salomatlik darajasiga
erishishni o’z zimmasiga oldi.
Ustav- barcha uchun salomatlikka erishish maqsadi, barcha odamlar o’z
salomatliklarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. 2001 yilda bu
masala yuqori yo’nalishni qabul qildi.
- 1978 yildagi Olma-Ota xalqaro konferensiyasi birlamchi tibbiy-sanitariya
yordamni hamma uchun salomatlikka erishish maqsadi vositasi sifatida aniqlab
berdi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordam strategiya va falsafasi harakatlanishi
davom etmoqda.
- 1981 y. BMT bosh Assambleyasi tasdiqlagan "Salomatlik hamma uchun"
dasturi qabul qilindi.
3. Dasturlarni boshqarishni umumiy tamoyillarini ishlab chiqish uchun
avvalombor, aniq maqsad va vazifalar qo’yiladi - sog’liqni saqlash rivojlanishini
mamlakatlar va mamlakatlardagi aholi guruhlari orasidagi farq o’rganidladi. Bu
maqsad va vazifalar xalqaro hamjamiyat tomonidan belgilangan yo’nalishlarga
12
asoslangan. Belgilangan 10 ta maqsad va vazifalarni bajarilishi hayot uchun
muhim deb qaraladi.
1.
Maqsad
- barcha odamlar uchun sog’lom hayot davom etishini
ko’paytirish va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi salomatlik ahvoli farqini kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: