O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashning  rivojlanish tarixi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashning  rivojlanish tarixi 
 
"Sog’liqni saqlash" tushunchasi "tibbiyot"ning tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblanadi. 
Sog’liqni saqlash - aholi salomatligini muhofaza qilish  va mustahkamlash 
bo’yicha ijtimoiy jamoa hamda tibbiyotning ijtimoiy vazifasidir. Bunday faoliyat 
qismlari va elementlari  bog’liqliklari qadim asrlardayoq kuzatilgan edi. 
Matriarxat davrida insonlar sog’ligi va xotirjamligi ayollar qo’lida bo’lgan, 
ularni slavyanlar "asrovchilar" deb atashgan. 
Eramizdan avvalgi XVIII asrga qadar salomatlikni muhofaza qilish bilan  
alohida jamiyatlar shug’ullangan, keyinchalik esa insonlar orasidan hayotiy 
tajribaga ega bo’lgan oqsoqollar, shamanlar, tabiblar ajralib chiqib, ularning 
vazifalari bo’lib, urf-odatlar,  hamda  xalq tabobatidan foydalangan holda 
bemorlarni azoblardan xalos etish  hisoblangan. 
Qabilalar, knyazliklar, shaharlar paydo bo’lishi bilan, tabiblarni o’qitish va 
tayyorlash boshlangan.  
Diniy jamiyatlar, ayniqsa, dehqonlar "yetimlar va kasallar" to’g’risida 
g’amxo’rlikni o’z zimmalariga olganlar, cherkov kasalxonalarini tashkil etganlar. 
Cherkov orqali yuqori hokimiyat vakillari bemorlar va  nogironlarga 
g’amxo’rlik va homiylik ko’rsatganlar, epidemiyalarni ogohlantirishga e'tibor 
berganlar, bozorlar, suv havzalari, quduqlarning sanitariya holatlarini kuzatganlar. 
Bazalt ustuni qadimiy tibbiyot   qonun yodnomalaridan biri bo’lib 
hisoblanadi, unga podshohga bag’ishlangan qonuniy maqolalar  matni bandlari 
o’yib yozilgan, hamda fuqarolar sog’lig’iga katta e'tibor qaratilgan.  
Vavilon asiri Xammurapi podsholik davrida (eramizdan avvalgi XVIII asr) 
tibbiy yordam ko’rsatish natijalariga binoan, shifokorlarni rag’batlantirish va 
jazolashga taaluqli bir nechta cheklash va ogohlantirishlar o’rnatilgan edi.  
Qadimiy grek polislar va Rim shaharlarida qullarni va yollab ishlovchilarni 
davolash uchun, sanitariya obodonlashtirish, suvlarni nazorat qilish maqsadida 
shifokor mutaxassislarni, sanitariya amaldorlarini yollashar edi. 
Yuliy Sezar barcha tibbiyotni o’rganuvchilarga Rim fuqaroligini bergan 
ekan.  Ko’plab qadimiy davlatlar boshliqlari shifokorlarni sharafli shaxslar deb 
hisoblashgan, ular jamiyatda yuqori mavqega ega bo’lishgan. Shu bilan bir vaqtda 
eramizning XVI asriga qadar tibbiyotning umummilliy xizmatlari va tizimlari 
bo’lmagan, sog’liqni saqlash qonuniy dalolatnomalari viloyatlar va boshqa 
davlatlar hududlariga tarqatilmas edi, faqat hududiy, yuqori va cherkov hokimiyati 
xarakteriga muvofiq edi.  



 
Faqat XIX  asr oxiriga kelib tibbiyot bo’g’inlari va aholi alohida guruhlari 
sog’ligi jamoatchilik homiyligi to’g’risidagi birinchi tajribalar asosida sog’liqni 
saqlash tizimlarini tuzish boshlandi.      
O’zbekistonda butun Rossiyadagi kabi, qishloqlarda mahalliy, shaharlarda 
fabrika-korxonalar tibbiyotlari paydo bo’ldi. Shaharlarda tibbiyot, diniy va boshqa 
tashkilotlarni boshqarish o’z-o’zini boshqarish organlariga topshirilgan. Shunday 
qilib, 1917  yilga qadar umumdavlat sog’liqni saqlash tizimi bo’lmagan. 
Jamoatchilik sog’lig’ini himoya qilish ishi bilan, ko’plab tashkilotlar, hattoki Ichki 
Ishlar Vazirligi departamenti va harbiy tashkilotlar shug’ullanishgan. Jahonning 
boshqa davlatlarida ham umumiy rahbarlik, shu bilan bir qatorda mahalliy va 
fabrika-korxonalar tibbiyotlari ham bo’lmagan.            
Fuqarolar sog’lig’iga va barcha tibbiyot tashkilotlariga aloqador birinchi 
o’zgarishlar 1822 yilda Fransiyada amalga oshirilgan. Ichki Ishlar Vazirligi 
qoshida Oliy tibbiy kengash, joylarda esa tegishli qo’mitalar va komissiyalar 
tashkil etilgan.  Fransiya tajribasi asosida aynan shunday tizimlar boshqa 
davlatlarda ham tashkil etila boshladi (Angliya, Germaniya va boshqalar). Shu 
davrdan, ayniqsa, Rossiyada boshqaruv organlari tashkil etila boshladi va ular 
faoliyati jamiyat rivojlanishiga qarab spetsifik yo’nalishga ega edi.  
Endilikda sog’liqni saqlash ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlar, aholi va 
alohida guruhlar sog’lig’ini mustahkamlash va himoya qilish talablari asosida 
rivojlana boshladi. 
Bugungi kungacha  saqlanib kelinayotgan eng muhim boshlang’ich pozitsiya 
sog’liqni mustahkamlash va saqlashda davlat va jamoatchilik javobgarligi, aholini 
sog’liqni saqlashda ishtirok etishidir. 
Sovet Ittifoqi tugatilganidan so’ng, barcha sobiq respublikalarda sog’liqni 
saqlashning asosiy yo’nalishlarini saqlagan holda, sog’liqni saqlash tizimlarini 
qayta ko’rish va isloh qilish ishlari boshlandi. 
Zamonaviy sog’liqni saqlash tizimlari jahon bo’ylab shartli ravishda 3 
guruhga bo’linadi: 
- sug’urta tizimi Germaniya, Fransiyada juda aniq taqdim etilgan; 
- xususiy sog’liqni saqlash tizimi AQSh uchun xarakterlidir; 
- Angliya uchun davlat tizimi xarakterlidir; 
Ko’plab davlatlarda sog’liqni saqlash tizimining aralash va turli tashkiliy 
shakllari mavjud va ular rivojlanib kelmoqda. Bunday holat  hozirgi vaqtda 
O’zbekiston uchun ham xarakterlidir.  
Sog’likni saqlash rivojlanishi bilan, davlat tizimidagi turli tibbiy tarmoqlari 
paydo bo’la boshladi. 
1. davolash -profilaktika muassasalari; 
2. onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari; 
3. sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari; 
4. tibbiyot ta'limi va ilmiy-tadqiqot muassasalari; 
5. dorixona muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika sanoati korxonalari; 
6. sanatoriya va dam olish muassasalari; 
7.patologik-anatomiya, sud-tibbiyot, sud-psixiatriya ekspertiza muassasalari; 



 
8. tibbiy sug’urta tizimi tashkil etilgan joylarda majburiy tibbiy sug’urta 
tashkilot va muassasalari. O’zbekistonda bu tizim  ishlab chiqish bosqichida.   
 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish