Umumiy tarix kafedrasi iv-bosqich talabasi omonov xusniddinning


 Urushda SSSRning  g`alabasi va unda iqtisodiyotni o`rni



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana08.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#335145
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ii-jahon urushi yillarida sssrning iqtisodiy hayoti (1)

5. Urushda SSSRning  g`alabasi va unda iqtisodiyotni o`rni.

 

Svet  ittifoqining  iqtisodiyoti  urush  yillarida  asosan  yuqorida  aytilganidek  asosiy  qismi  qurol 



yarog`  ishlab  chiqarishga  qaratildi.      Iqtisodiyotining  barcha  tarmoqlari  frontga  qaratilgani  va 

janglarda  har  bir  sovet  jangchisi    vatan  uchun  harakatlari  sababli  sovet  ittifoqi  urushda  g`alaba 

qozondi  va    iqtisodiyotni  o`sish  darajasi  birinchi  jahon  urushiga  nisbatan  yuqori  ekanligini 

takidlash  joizdir.  Yana  bir  narsani  aytib  o`tishni  joizdir  bu  ham  urushni  qanchalik  katta 

maydonga    kengayib  borishi  va  bu  jarayonda  iqtisodiyotni  barcha  tarmoqlar  ya`ni    o`gir 

sanoatdan  tortib  to  oddiy  qo`l  mexnati  orqali  ishlab  chiqarishni  ham  urush  o`ziga  jalb  qildi  va 

g`alabada bu yo`nalishni har birining va har bir jang maydonida  vatan uchun jang  qilgan mard 

insonlarning  o`rni  kattadir.    Sovet  Armiyasi  qahramonona  janglarda  chiniqdi,  uning  kuchlari 

uzluksiz  mustahkamlandi,  sovet  mamlakatining  ichkarisi  frontga  to`p-to`p  qurol  aslaha  va  o`q-

dorilarni tobora ko`p yuborib turdi. Bu narsa urushning boshidan boshlab Qommunistik partiya 

rahbarligida mamlakat ichkarisida olib borish.    Stalingrad yonidagi mudofaa janglari davomida 

dushman  safidan 182800 kishi o`ldi, 500  mingdan ko`proq kishi  yarador bo`ldi, dushman 1450 

tankidan,  1337  samolyot  va  boshqa  ko`pdan-ko`p  texnikasidan  ajradi.  5/7  rilgan  juda  katta 

tashkilotchilik ishi natijasida mumkin bo`ldi. 

Mamlakat  ichkarisidagi  tashkiliy  ishlar.  Urushning  birinchi  yili  mamlakat  uchun  juda  katta 

qiyinchiliklar  tug`dirdi.  Dushman  sovet  territoriyasining  urushgacha  aholisi  88  million  kishi 

bo`lgan,  sanoat  mahsulotining  46  protsenti  ishlab  chiqarilgan,  ekin  maydonining  47  protsentini 

va  butun  mamlakatdagi  chorva  mollarining  yarmiga  yaqinini  o`z  ichiga  olgan  juda  kattasini 

bosib oldi. 

Bosib olingan territoriyada gitlerchilar terrorga asoslangan rejim o`rnatdi. Ular Sovet hokimiyati 

organlariii va sotsialistik tartiblarni tugatdi. Un va yuz minglab kishilar vahshiyona suratda qirib 

tashlandi, millionlab kishilar Germaniyaga haydab ketildi. Bosib olingan territoriyada kolxozlar 

tugatildi, ularning  xo`jaliklari talandi. Nemislar oliy o`quv  yurtlarini  va  maktablarni  yo`q qildi, 

kutubxona, klub, qiroatxona, muzeylarni yopdirib yubordi.  

Ular  buyuk  madaniy  yodgorliklarni  Yasnaya  Polyanadagi  L.  N.  Tolstoyning  muzey-hovlisini 

oyoq osti qildi, A. P. Chexovning Taganrogdagi uymuzeyini yondirdi va hokazolar. Mamlakatda 

eng  ogir  va  jiddiy  ahvol  1941  yilning  oxirlarida  yuz  berdi.  Bir  qancha  rayonlarning  nemis 

qo`shinlari  tomonidan  bosib  olinishi  hamda  korxonalarning  Sharqqa  ko`chirilishi  natijasida 

qurol-yarog`,  o`qdori,  metall,  mashina  va  hokazolar  ishlab  chiqaruvchi  yuzlab  korxonalar 

ishlamadi.  Umuman  sanoat  mahsuloti  1941  yil  iyundan  noyabrgacha  ikki  baravardan  ko`proq 

kamaydi. 

Urush  sovet  xalqining  turmush  sharoitini  juda  ham  yomon-lashtirib  yubordi:  oziq  ovqat 

resurslari  qisqardi,  keng  iste`mol  buyumlari  ishlab  chiqarish  kamaydi.  Juda  ko`p  axolining 

mamlakatning  sharqiy  rayonlariga  ko`chirilishi  bu  ray-onlarda  katta  uyjoy  qiyinchiliklarini 

tug`dirdi.  Yoqilg`i  yetishmadi.  So`mning  xarid  quvvati  pasaydi  va  hokazolar.  Mamlakat 



ichkarisidagi  mehnatkashlar  bu  sinovlarga  bar-dosh  berdilar.  Ular  urushning  birinchi  yili 

mobaynida mamlakatning xalq xo`jalngini harbiy izga soldilar. Sanoatni harbiy mahsulot ishlab 

chiqarishga  o`tkazish  tugallandi,  ko`-chirib  keltirilgan  korxonalarni  yangi  joyga  o`rnatish  va 

ishga  tushirish  muvaffaqpyatli  utkazildi.  Sanoat  ishlab  chiqarishining  pasayishi  1941  yilning 

dekabridan  boshlab  to`xtadi  va  sanoat  ishlab  chiqarishi  1942  yil  martdan  boshlab  tezlik  bilan 

yuksala boshladi. 

Donbassning  va  Moskva  yonidagi  kumir  havzasining  vaqtincha  qo`ldan  ketishi,  Kavkaz  neftini 

tashib olishdagi qiyinchiliklar yoqilg`i sohasidagi ahvolni juda ham og`irlashtirib yubordi. 1942 

yilda mamlakatning sharqiy rayonlarida ko`mir qazish va Neft chiqarishni ko`paytirish choralari 

ko`-rildi. Moskva yonidagi ko`mir havzasi ozod qilinishi bilanoq uni qayta tiklash ishlari darhol 

boshlab yuborildi. 

1942  yilning  birinchi  yarmidan  boshlab  yangi  sanoat  qu-rilishi  juda  avj  olib  ketdi.  Bu  qurilish 

tinch  yillardagiga  nisbatan  ikki-uch  baravar  tez  olib  borildi.  1942  yildayoq  oltita  yangi 

metallurgiya  korxonasi,  o`nta  kon  va  shaxta,  bir  qancha  harbiy  zavodlar  va  hokazolar  ishga 

tushdi. 

Transportda  katta  ishlar  boshlab  yuborildi:  temir  yo`llarning  va  eng  muhim  temir  yo`l 

uzellarining  yuk  o`tkazish  qobilliyati  kuchaytirildi;  yangi  temir  yo`llar:  Sviyajsk  —  Ulyanovsq 

Kizlyar — Astraxan, SHimoliy Pechora temir yo`llari va boshqa temir yo`llar qurish ishlari olib 

borildi. 

Xalq  xo`jaliginn  ish  kuchi  billi  tp`mipllshga  katta  e`ti-bor  berildi.  Harbiy  sanoat  va  bir-bnriga 

bog`liq korxonalar ishchilari urush gamom bo`lguncha  safarbar etilgan  deb e`lon qilindi. Ilgari 

ishlamagan,  lekin  ishga  yaroqli  bo`l-gan  aholi  ishlab  chpqarishda  va  qurilishda  ishlashga 

safarbar qilindi. Mahalliy hokimiyat organlariga shahar aholisini qishloq xo`jalik ishlariga tortish 

huquqi berildi. Kolxoz-larda kolxozchilar albatta ishlashi kerak bo`lgan mehpat kupi minimumi 

oshirildi.  Frontga  yaqin  rayonlardagi  korxona  na  tashkilotlarning  ishchi,  xizmatchi  va  injener-

texnik  xodim-lari  safarbar  qilinganlar  qatoriga  kiritildi.  Ishlab  chi-qarishga  ayollar  jalb  etildi: 

ularning  salmog`i  1942  yilda  53  protsentni  tashkil  qildi.  Yeshi  18  dan  past  va  50  dap  yuqori 

bo`lgan  shaxslarning  sanoatdagi  salmog`i  ortdi.  Hupar  mak-tablari,  temir  yo`l  bilim  yurtlari, 

fabrika  zavod  ta`limi  maktablari  orqali  malakali  yangi  kadrlarni  ko`plab  tayyorlash  ishlari  olib 

borildi. Ishlab chiqarishdagi kurslar va qisqa muddatli maktablar sistemasi orqali hamda shaxsan 

shogird  tayyorlash  yo`li  bilan  1942  yilda  3772  ming  nafar  ommaviy  ixtisosli  ishchilar 

tayyorlandi.  Kommunistik  partiyaning  olib  borgan  juda  katta  tashki-lotchilik  va  g`oyaviy  ishi 

natijasida sovet mehnatkashining  qiyofasi o`zgarib bordi. Sovet kishilari yanada intizomli bo`l-

di,  ular  harbiychasiga  ishlashni  o`rgandilar.  Sotsialistik  musobaqaga  ishchilarning  yangidan-

yangi  tabaqalari  jalb  vtildi.  Ikki  yuzchilar,  uch  yuzchilar,  besh  yuzchilar  harakati  kun  sayin 

kengayib bordi. Urallik frezerovshik Dmitriy Bosiy tashabbusi bilan mingchi novatorlar  planni 

100%  bajaruvchi  ishlab  chiqarish  ilg`orlari  harakati  vujudga  keldi.  Ilg`or  ishchilar  vaqt  bilan 

hisoblashmas edilar va front top-shirig`ini bajarmaguncha tsexdan chiqib ketmas edilar. 

1942  yil  may  oyining  boshlarida  Kuznetsk  metallurgiya  zavodi,  18-aviatsiya  zavodi  va  26-

motorsozlik  zavodi  kollek  tivlari  tashabbusi  bilan  ishchilar  sinfining  Butunittifoq  sotsialistik 

musobaqasi  boshlanib,  butun  mamlakatga  yoyildi.  Ishchilar  siifndan  kolxozchi  dehqonlar  ham 

o`rnak oldilar. 

VKP(b)  Markaziy  Komiteti  va  Davlat  Mudofaa  Komiteti  ishchi  va  dehqoplarning  bu 

ajoyib  tashabbusini  qo`llab  quvvatladilar.  VKP(b)  Markaziy  Komiteti  va  Davlat  Mudofaa 

Komitetining  ko`chma  Qizil  Bayroqlari  ta`sis  q,i-linib,  ular  musobaqada  birinchi  o`rinni  olgan 

kollektivlar-ga  topshiriladigan  bo`ldi.  Ikkinchi  o`rinni  olgan  kollektiv-lar  VTSSPS  va  xalq 

komissarliklarning ko`chma bayroqlarini oladigan bo`ldi. Kuchma bayroklar topshirish bilan bir 

vaqtda  kollektivlarga  katta  pul  mukofotlari  ham  berilar  edi,  bu  mukofotlarning  70  protsenti 




kollektiv  a`zolari  o`rtasida  taqsimlanar,  30  protsenti  esa  kollektivlarning  ma-daniy-maishiy  va 

uy-joy sharoitipi yaxshilashga sarflanar edi. Musobaqaga har oyda yakup yasalar edi. 1942 yilda 

musobaqa g`oliblariga 32ta ko`chma bayroq topshirildi.  1942 yildan boshlab ishlab chiqarishda 

uzluksiz  metod  keng  tatbiq  qilinishi  natijasida  harbiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  to`xtovsiz 

ko`payib  bordi  va  1942  yilda  samolyot,  tanq  to`p  ishlab  chiqarishda  SSSR  gitlerch-ilar 

Germaniyasidan  o`zib  ketdi.  Umuman  SSSR  sanoatining  yalpi  mahsuloti  1942  yilda  1,5 

baravardap  ziyodroq  ko`paydi.  Sanoat  Sharqda  ay-niqsa  gurkirab  o`sdi.  Mustahkamlanib 

borayotgan  mamlakat  ichkarisiga tayaigap Sovet Armiyasi urushning  borishida kes-kin  burilish 

yasashga  muvaffaq  bo`ldi.  Ikkinchi  jahon  urushi  1939  yil  1  sentyabrda  boshlandi.  Xuddi  shu 

kuni german qo`shinlari uch tomondan Polsha sarhadlariga bostirib kirdilar. Urush qisqa muddat 

ichida dunyodagi  juda ko`pgina davlatlarni o`z domiga tortdi. 1941 yil 22  iyunda fashistlarning 

191ta  diviziyasi  (shundan  153  tasi  bevosita  Germaniyaning  o`ziga  qarashli)  SSSRning  Boltiq 

dengizidan  tortib  to  Qora  dengiz  hududlarigacha  chegaralari  bo`ylab  yopirilib  hujumga  o`tdi. 

Ana shu tariqa jahon tarixida inson qulog`i eshitmagan va ko`zi bilan ko`rmagan dahshatli fojea 

boshlandi.  Jahon  urushining  boshlanishi,  uning  sabablari  va  aybdorlari  xaqida  ko`p  va  xo`p 

yozilgan  Har  ikkala  bosqinchi  saltanatchi  davlat  ham  o`z  oldiga  bosh  maqsad  qilib  dunyo 

hukmronligini qo`ygan edi. Sovet ittifoqi va Germaniya  davlat ham o`zining bosh strategiyaviy 

maqsadini  amalga  oshirish  uchun  har  xil  taktik  usullar  bilan  bordi,  biri  ikkinchisidan  ayyorlik 

qilishga  intildi,  turli  yo`llar  bilan  o`z  chegaralari  va  ta`sir  hududi  doiralarinin  kengaytirishga 

harakat  qildi.  Ammo  har  ikkala  tomon  ham  o`zaro  ikki  o`rtada  dahshatli    bo`lishi  muqarrar 

ekanligini yaxshi bilar edi. Shu ma`noda 1939 yil 23 avgustda Adolf Gitler va Iyosif Stalinning 

fatvosi  bilan  Germaniya  tashqi  ishlar  vaziri  Ribbentrob  va  SSSR  tashqi  ishlar  Xalq  komissari 

V.Molotov  o`rtasida  10  yil  o`zaro  hujum  qilmaslik  to`g`risidagi  shartnomaning  tuzilishi 

xarakterlidir.  Jahon  jamoatchiligi  bu  shartnomani  har  ikki    davlat  tomonidan  dunyoni  o`zaro 

bo`lib  olish  maqsadlarini  ko`zlab  tuzilgan  shartnoma  sifatida  qabul  qildi.  Chunki  shartnoma 

tuzilgandan  so`ng  Germaniya  o`zning  asosiy  raqibi  SSSRdan  qo`lini  bo`shatib  oldi  va  oradan 

ko`p muddat o`tmasdan  

1 sentyabrda Polsha hududlariga bostirib kirdi. Ikkinchidan, shartnomadagi mutlaq sir va maxfiy 

tutilgan moddalarga ko`ra SSSR Germaniyani nafaqat ma`naviy tomondan balki moddiy jihatdan 

qo`llab  quvvatlagan,  amalda  o`ziga  qarshi  oyoqqa  turayotgan  Germaniyani  qurollantirgan  edi. 

Buni  V.M.Molotov  bilan  Shulenburg  o`rtaisda  1939  yil  28  sentyabrda  tuzilgan  va  1941  yil  10 

yanvarda  imzolangan  mutlaqo  maxfiy  shartnoma  isbotlaydi.  Shartnomaga  ko`ra  Germaniya 

tomoni  Boltiq  bo`yi  davlatlari  hududlariga  (Litva  hududining  bir  qismidan  tashqari)  bo`lgan 

da`vosidan  voz  kechishi  lozimligi  qayd  etiladi.  Buning  evaziga  SSSR  Germaniyaga  7.500.000 

oltin dollar, yoki 31 million 500 ming nemis markasi miqdorida haq to`lashga rozi bo`ladi. 31.5 

million  nemis  markasi  miqdoridagi  summaning  sakkizdan  bir  qismi  yoki  3.937.500  german 

markasiga SSSR tomoni uch oy muddat davomida rangli metallar yetkazib berish, qolgan 8 va 7 

qismini, aniqrog`i 27.562.500 german markasini 1941 yil 11 fevralgacha oltin hisobida to`lashi

37

 

shart qilib qo`yildi.  



1939 yil 23 avgustdagi shartnoma SSSRning ham buyuk saltanatchilik manfaatlariga javob 

berar  edi,  albatta. 




Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish