kurash. Ikkinchi besh yillikning asosiy vazifasi og`ir sanoatni jadal sur`atlar bilan va tez darajada
rivojlantirishdan iborat edi. Asosiy kuch-g`ayrat va asosiy mablag`lar shu soxaga sarflandi.
Sanoatda kapital qurilish yanada keng quloch yozdi. Ikkinchi besh yillikning dastlabki ikki
yilidagina sanoatga sarflangan kapital mablag` butun birinchi besh yillik davomida sarflangan
kapital mablag`ning sakson uch protsentning tashkil qildi. Sovet ittifoqining urush yillaridagi
hayoti juda qiyinchiliklar bilan birga o`gir ham edi.
1933—1934 yillarda eng yangi texnika bilan uskunalangan o`nlarcha ulkan korxonalar:
Uralsk va Kramatorsk og`ir ma`shinasozlik zavodlari, Lugansk parovozeozlik zavodi, Xarkov
parma stanoklari zavodi, Chelyabinsk traktor zavodi, Stalinogorsk va Voskresensk ximiya
kombinatlari, Solikamsk kaliy kombinati, Xibinogorsk apatit kombinati va shu sinigarilar ishga
tushirildi. Dubrovno, 3 Svir, Kemerovo, Voronej va boshqa yangi elektr stantsiyalari
foydalanishga topshirildi.
Ikkinchi besh yillikning dastlabki yillaridagi asosiy vazifa — birinchi besh yillik
planini bajarmagan qora metallurgiya va ko`mir sanoatining qoloqligini bartaraf etishdan iborat
edi. Og`ir sanoatning bu tarmoqlarining orqada qolishi butun xalq xo`jaligining rivojlanishiga
xalaqit berar edi.
Ikkinchi besh yillikning dastlabki yilining boshidanoq metall uchun buyuk kurash
boshlandi. Metallurgiyani yangi korxonalari: Zaporoje, Krivoy-Rog, Lipetsk kombinatlari;
Azovstal, Magnitogors Kuznetsk zavodlari va boshqa zavodlarda yangi domnalar jadal sur`atlar
bilan qurildi. 1933—1934 yillarning o`zidagina 13 ta domna va 27 ta marten pechi, 15 ta prokat
stani, shu jumladan, Ijorsk zavodida qurilgan dastlabki qudratli sovet blyuminglari ishga tu-
shirildi.
Yangi korxonalarni tezroq o`zlashtirishga, metallurgiya sanoati tobora ko`proq
olayotgan yangi texnikani ishchilarning tezroq egallashiga alohida e`tibor berildi. Ko`pdan ko`p
kurslar, texnika to`garaklarida ishchilar yangi texnikani o`rgandilar. Usha paytgacha idoralarda
o`tirgan ko`pgina injener va texniklar ishlab chiqarishga o`tkazildi. Bu esa korxonalarda texnika
rahbarligini yaxshiladi. Metallurglarning ish haqi oshirildi. Metallurg ishchilar mamlakatni
metall bilan ta`minlash uchun o`z mas`uliyatlarini anglab, 1933 yildan keyigi yillar oralig`ida
domnalar va po`lat eritish pechlarining butun ittifoq konkursini uyushtirdilar.
“Birinchi jahon urushida oladigon bo`sak ikkinchi jahon urushida energetika soxalarida
ham o`n – yigirma barobar o`zgarish sezilagan bundan
ana shu ulkan ishlarning hammasi o`z
samaralarini berdi. 1934 yilda qora metallurgiya sohasida katta sakrash yasadi, 10.4 million
tonna cho`yan eritdi, bu esa 1933 yildagidan 3,3 million tonna ko`p edi; po`lat esa 9,7 million
tonna, ya`ni 1933 yildagiga qaraganda 2,8 million tonna ko`p eritildi.
Ko`mir sanoatining va
avvalo mamlakatning asosiy ko`mir havzasi bo`lgan va nihoyatda yo`l qo`yib bo`lmaydigan
ahvol vujudga kelgan Donbassning qoloqligini bartaraf etish uchun ham qizg`in kurash avj
oldirib yuborildi.”
6
“Sovet–german urushi boshlang`ich davrining eng murakkab vaziyafalaridan biri
iqtisodiyotini harbiy izga solish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: