Xalqaro kreditning shakllari.
X alqaro kreditning turli shakllarini
kredit m unosabatlarining ayrim to m o nlarin i xarakterlovchi bir nechta
m u h im o m illarig a k o ‘ra u m u m i y aso sd a q u y id a g ic h a tasniflash
mumkin:
— manbalarga ko‘ra tashqi savdoni kreditlash h a m d a moliyalash-
tirishning ichki, xorijiy va aralash turlari farqlanadi. U la r o ‘zaro
yaqindan bog‘liqdir ham da eksportyordan im po rty orgacha b o ‘lgan
tovar harakatining barcha bosqichlariga xizmat k o ‘rsatadi. T ov ar sotuv
jarayoniga qanchalik vaqin b o ‘lsa, odatda, xalqaro kreditning shartlari
qarz oluvchiga shunchalik yoqimli b o ‘ladi;
— belgilanishiga ko‘ra tashqi iqtisodiy bitim n ing qaysi biri qarz
m ablag'lari hisobiga qoplanishiga b o g ‘liq h o ld a qu yid ag ila r farq
lanadi:
1) tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita bog‘liq tijorat kreditlari;
2) har qanday boshqa maqsadlarga, shu jum ladan to 'g ‘ridan -to ‘g ‘ri
amalga oshiriladigan kapital q o ‘yilmalarga, investitsion obyektlar
qurilishiga, qimmatli qog‘ozlar sotib olishga, tashqi qarzni so'ndirishga,
valuta intervensiyasiga ishlatiladigan moliyaviy kreditlar;
3) kapital, tovarlar va xizmatlarni chetga olib chiqilishining aralash
shakllariga x izm at k o 'rsa tish g a m o ‘ljallangan «oraliq» kreditlar.
Masalan, pudrat ishlari (injiniring)ni amalga oshirish shaklida;
— turlariga k o ‘ra kreditlar eksportyorlar to m o n id a n o ‘z sotib
oluvchilariga tovar shaklida va banklar tom onidan pul shaklida taqdim
etiladigan valuta turlariga b o ‘linadi. Ayrim holatlarda valuta krediti
jihozlar yetkazib berish b o ‘yicha tijorat bitimi .-.hartiaridan biri b o ‘lib
hisoblanadi va import jihozlar zaminida obyekt qurilishi yuzasidan
mahalliy xarajatlarni kreditlash u c hun ishlatiladi;
— qarz valutasiga ko‘ra qarzdor mamlakat yoki kreditor-mam lakat
valutasida, uchinchi m am lakat valutasida ham da S D R valuta savatiga
aso sla n g a n x alq aro hisob v a lu ta sid a ta q d im e tila d ig a n x alqaro
kreditlarga farqlanadi;
— muddatlariga ko‘ra xalqaro kreditlar: qisqa muddatli — 1 yil-
gacha, ayrim holatlarda 18 oygacha (o‘ta qisqa muddatli — 3 oygacha,
bir sutkalik va bir haftalik), o ‘rta muddatli — 1 yildan 5 yilgacha,
u zoq m u d d atli — 5 yildan ziyod m uddatlarga beriladigan kredit
turlariga boMinadi. Ba’zi m amlakatlarda 7 yilgacha muddatga berilgan
kreditlar o ‘rta m uddatli, 7 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar
esa uzoq muddatli b o ‘lib hisoblanadi. Qisqa muddatli kredit, odatda,
tadbirkorlarni aylanma kapital bilan ta ’minlaydi va nosavdo, sug‘urta
ham d a chayqov bitimlariga xizmat ko'rsatgan holda tashqi savdo va
xalqaro t o ‘lovlar m uom alasida qo'llaniladi. Uzoq m uddatli xalqaro
kredit, odatda, asosiy ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish
u c h u n m o ‘lja lla n g a n b o i i b , m a s h in a la r va b u tlo v c h i j ih o z l a r
eksportining 85 foizi hajmiga ham d a tashqi iqtisodiy munosabatlarning
yangi shakllari (yirik k o ‘lamdagi loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari,
yangi texnikajoriy etilishi)ga xizmat ko'rsatadi. Agarda qisqa muddatli
kreditning muddati uzaytirilsa, unda u o ‘rta muddatli, ayrim holatlarda
esa uzoq muddatli kreditga aylanadi. Qisqa muddatli kreditlarning
o ‘rta va uzoq m uddatli kreditlarga aylanishi jarayonlarida davlat kafil
sifatida faol ishtirok etadi;
— t a ’m inlanganlik tam oyiliga ko‘ra t a ’m in lan g a n va blankali
kreditlarga farqlanadi. Kreditning t a ’minoti b o ‘lib, odatda, tovarlar,
tovarga egalik huquqini beruvchi va boshqa tijorat hujjatlari, qimmatli
qog'ozlar, veksellar, ko‘chmas mulk ham da qimrnatliklar xizmat qiladi.
Kredit olish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga oshiriladi: q a t’iy
garov (tovarlarning m a ’lum bir massasi bank foydasiga garov qilinadi);
muomaladagi tovar garovi ( m a ’lum bir sum m adagi, tegishli assor-
timentdagi tovarning qoldig'i hisobga olinadi); qayta ishlovdagi tovar
garovi (mazkur mahsulotlarni bankka garovga bergan holda garovga
olingan tovardan mahsulotlar ishlab chiqarish m um kin).
Kreditor sotilishning yuqori imkoniyatlariga ega b o'lgan tovarlarni
garovga olishni afzal ko'radi va t a ’m inot hajmini belgilashda tovar
bozori konyunkturasini hisobga oladi. B a’zi h o latlarda kreditning
t a ’minoti sifatida o 'rtacha bozor baholarida hisobga olingan davlat
rasmiy oltin zaxiralarining bir qismi ishlatiladi (1963-yilda Finlyan-
diyada, 1970-yillarning o'rtalarida Italiya, Urugvay, Portugaliyada).
Rivojlanib borayotgan davlatlar (ayniqsa 1980-yillarning boshlarida)
o ‘zlarining tashqi qarzlarini s o ‘ndirish m a q sa d id a olingan xorijiy
kreditlarning garovi sifatida oltinni deponentga olishni keng qo'llay
boshladi. Biroq oltinning garovi ustidan ssudalar shakli ko‘pchi!ik
xalqaro kreditlar uchu n xos bo'lgan «salbiy garov shartlashuvi» tufayli
keng tarqalmadi. Ushbu shartlashuvning mohiyati quyidagichadir: agar
qarz oluvchi boshqa kreditlar b o ‘yicha q o ‘shim cha t a ’m inotni taq dim
etsa, unda kreditor mazkur ssuda yuzasidan ham qo'shim cha t a ’m inotni
talab qilishi mumkin. Bundan chiqdi, agar m am la ka t oltin garovi
ustidan kredit olgan b o ‘lsa, u nda a w a l olingan kreditlarni ham oltin
bilan t a ’minlashni ushbu m am lakatdan talab etishlari m um kin. Shu
sababli ayrim m am lakatlar oltinni sotishni afzal k o ‘radilar. G arov
kredit kelishuvi b o ‘yicha m ajburiyatning t a ’m in o t usuli b o ‘lganligi
sababli qarzdor tom onidan majburiyatlarning bajarilmasligi holatida
kreditor garov qiymatidan kompensatsiya olish huquqiga ega.
Blankali kredit qarzdorning ushbu qarzni m a ’lum bir m u ddatda
so‘ndirish majburiyati ustidan beriladi. U shbu kredit b o ‘yicha hujjat
bo‘lib odatda, qarz oluvchining yagona imzosiga ega b o ‘lgan solo-
veksel xizmat qiladi. Blankali kreditning turlari b o ‘lib kontokorrent
va overdraft hisoblanadi.
Taqdim etilishi nuqtayi nazaridan qarz oluvchi hisob-varag‘iga,
uning ixtiyoriga olinadigan moiiyaviy (naqdli) kreditlar; im po rty or
yoki bank tom onidan trattaning aksepti shaklidagi akseptli kreditlar;
depozit sertifikatlari; obligatsiya zayomlari, konsorsial kreditlar va
bo sh q a shu kabilar farqlanadi. K r e d ito r sifatida m a y d o n g a kim
chiqishiga qarab, kreditlar: I) firmalar, banklar, ayrim holatlarda vosita-
chilar (brokerlar) to m o n id an taqdim etiladigan xususiy kreditlarga;
2) hukum at kreditlariga; 3) xususiy korxonalar va davlat ishtirok
etadigan aralash kreditlarga; 4) xalqaro va hududiy valuta-kredit hamda
moliyaviy tashkilotlarning davlatlararo kreditlariga bo'linadi.
Firm a (tijorat) krediti bu, odatda, bir m am lakat firmasi yoki
eksportyori to m onidan boshqa mamlakat importyoriga t o ‘lovni kechik-
tirish shaklida taq d im etiladigan ssudadir. Tashqi savdodagi tjjorat
krediti tovar operatsiyalari b o ‘yicha hisob-kitoblar hilan hamkorlikda
amalga oshiriladi. Firm a kreditlarining muddatlari turlichadir (odatda,
2—7 yilgacha) va jah o n bozorlaridagi konyunktura shartlari, tovarlar
turlari va boshqa omillar bilan belgilanadi. M ashina va murakkab
jihozlar eksportining kengayishi bilan mazkur kreditlar muddatlarining
uzayishi yangilik b o ‘ldi. Firma krediti, odatda, veksel bilan rasmiylash-
tiriladi yoki ochiq hisobvaraq b o ‘yicha taqdim etiladi.
Vekselli kredit, eksportyor tovarlarni sotish t o ‘g‘risidagi shartnomani
tuzganidan so‘ng o ‘tkaziladigan veksel (tratta)ni importyorga qarata
chiqarilishini k o ‘zda tutadi.
0 ‘z nav b atida im p o rty o r tijorat qog'ozlarini o lganidan s o ‘ng
m a z k u r v ek seln i akseptlaydi, y a ’ni u s h b u vekselda k o ‘rsatilgan
m uddatlarda t o ‘lovni amalga oshirishga rozilik beradi.
Ochiq hisob-varaq bo‘yicha kredit eksportyor va importyor o ‘rta-
sidagi kelishuv y o ‘li orqali taqdim etiladi. M azkur kelishuvga asosan
tovarlarni yetkazib beruvchi sotilgan va yetkazib berilgan tovarlar
qiymatini ularni sotib oigan shaxs hisob-varag‘ida qarzdorlik sifatidagi
yozuvi shaklida am alga oshiradi, im porty or esa olingan kreditni
m uddatida so‘ndirish t o ‘g ‘risidagi majburiyatni o ‘z zimmasiga oladi.
Ochiq hisob-varaq b o ‘yicha kredit tovarlarnmg m u n ta z am asorda
yetkazib berilishi, majburiyatlarning esa oynirg o ‘rtasi yoki oxirida
davriy ravishda s o ‘ndirilib boriiishi sharoitlarid;. qoTianiladi.
F irm a kreditlarining ko‘rinishiandan biri bo‘lib importyorning
bo ‘nak to'lovi (sotib olish bo'naki) hisoblanadi E¡o‘nak t o ‘lovi shart-
nom a im zolanganidan so‘ng imporcyor tom onidan, odatda, buyurtm a
berilgan m ashina, jihoz va kemalar qiymatinmp! 10—15 foizi (ba’zida
hundan ortiq) m iqdorida xorijnk tovar yetka/io beruvchi fovdasiga
amalga oshiriladi. Sotib olish bo'nagi xalqaro hisob-kitoblar hamda
eksportni kreditlash va bir vaqtning o ‘zida xorijlik sotib oíuvchi
majburiyatlarini kafolatlashning shakllaridan biri bo ‘lib xizmat qiladi,
chunki im portyor buyurtm a berilgan tovarlarni qaytarmasdan qabul
qilishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarning im portyor firmalari rivojlanib bo-
rayotgan m am lakatlar bilan m unosabatlarda sotib olish b o ‘naklaridan
ushbu m am lakatlardan qishloq xo‘jalik m ahsulotlarini olib chiqish
uch u n foydalanadilar.
Bo‘nakni taqdim etgan shaxs to m o n id an shartnom aning bajaril-
masligi sharoitida m azkur bo'nak, u n d a n zararlar chegirib olinganidan
so‘ng qaytariladi. Agarda shartnom a b o 'n a k n i oigan shaxs to m o n id an
bajarilmasa, u n d a u mazkur b o 'n a k n i, zararlarni qoplagan holda,
sotib oluvchiga qaytarishi lozim. B o 'n a k , shartnom ad agi ikkinchi
tarafga zararlarni q oplam agan hold a s h a rtn o m a b o 'y ic h a m ajbu -
riyatlardan ozod b o ‘lish imkonini beruvchi tovon t o ‘lovidan farqli
o ‘laroq, shartnom a bajarilishini rag‘batlantiradi. Sotib olish bo'nagi
ayrim holatlarda t o ‘lovni kechiktirish shakli bilan birgalikda teng
ulushlarda va m a ’lum bir intervallarda (yarim yil, yil) qo'llaniladi.
Firma krediti sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasidagi m unosabatlarni
ifodalasa-da, u odatda, bank krediti bilan birgalikda harakatlanadi.
Mashinalar va jihozlar sotuvida firma krediti uzoq m uddatlarga taqdim
etiladi (5 yil va undan ziyod m uddatlarga), bu esa eksportyorning
katta hajmdagi mablag'larini ichki m uom alasidan tashqariga chiqib
ketishiga olib keladi. Shu sababli eksportyor, odatda, bank kreditlariga
murojaat etadi yoki o 'z kreditini banklarda qayta moliyalashtiradi.
F irm a kreditlari rnashina va jihozlar eksportini kreditlash shcvrtlari
ham d a hajmi b o ‘yicha kreditlash m uam m osini hal eta olmasligi sababli
bank kreditining xalqaro iqtisodiy m unosabatlardagi roli o'sadi.
Bank kreditlari. Eksport va im portni bank tom onidan kreditiash
tovarlar, tovar hujjatlari, veksellar h a m d a trattalar hisobining garovi
ust¡dan ssudalar berish shaklida amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda
Sankiar o'zlari bilan yaqindan m unosabatda b o ‘lgan yirik eksportyor
tirmalarga rasmiy t a ’minotga ega b o ‘lmagan blankali kreditni taqdim
etadilar.
Akseptli — rambursli kredit tashqi savdo operatsiyalari bilan bog‘iiq
b o ‘lganda eng t a ’minlangan bo'lib hisoblanadi va eksportyor ha m d a
importyor o'rtasidagi hisob-kitoblarda qo'llaniladi. B unda akkreditiv
va o'tkaziiadigan veksel vosita sifatida ishlatiladi. Akseptli — rambursli
kreditning limit, kreditning m uddati, foiz stavkasi, rasmiylashtirilish,
ishlatilish va so'ndirilish tartibi kabi shartlari oldindan tuzilgan bankla-
raro kelishuvi asosida belgilanadi. T a ’minlanganligi esa tovarlar sotilishi
bilan asoslangandir. Agarda m azkur kredit tovar yetkazib berilishi
bilan bog'liq bo'lm asa, unda u sof moliyaviy xarakterga ega bo'ladi.
Broker krediti ayrim mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Niderlandiya, Belgiya) firma va bank kreditlarining oraliq
shakli sifatida harakat qiladi. Ushbu kredit tijorat tusidagi bitimlarga
tijorat krediti singari ham da bir vaqtning o'zida bank kreditiga ham
aloqadordir. Chunki brokerlar, odatda, banklardan qarz olib turadilar.
Brokerlik vositachilik haqi shartnoma summasining 1/50— 1/32 qismini
tashkil qiladi. Broker firmalari Buyuk Britaniyada assotsiatsiyaga birlash-
gan. Brokerlar jah o n bozoridagi holat t o ‘g'risidagi m a ’lumotga egadir.
K re d it o p e ra ts iy a la rin i a m a lg a o s h irish d a n tash qari u la r sotib
oluvchilarni t o ‘lov qobiliyatlari yuzasidan kafolatlarni ham taqdim
etadi. Zamonaviy bosqichda broker kreditlarining tashqi savdodagi
rol i pasayib ketdi.
Tashqi savdo aylanmasining o'sishi ham da virik hajmdagi sum m a-
larni katta tavakkalchilik asosida uzoq muddatlarga jalb etishning
muammolari o'rta va uzoq muddatli xalqaro kreditlarning rivojlanishiga
olib keldi. Bankirlik va aksept faoliyati bilan shug‘ullanuvchi uylar
ham da tijorat banklari tom onidan ishlab chiqilgan eksportni veksellar
vositachiligida kreditlash tizimi tashqi savdoning o ‘sib borayotgan
talablarini qondira olmay qoldi. Bir qator (Buyuk Britaniya, Fransiya,
Yaponiya va boshqa shu kabi) mamlakatlarda mashinalar va jihozlar
eksportini o ‘rta h a m da uzoq muddatli kreditlashning maxsus tizimi
yaratilgan. Ushbu kreditlash turlarining shakllari qisqa muddatli (firma,
bank, davlatlararo kredit va shu kabi) kreditlashning shakllariga o'x-
shash b olish i bilan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Iste’mol bozorlari
uchun kurash borasida eksportyorlar muddati 1—5 yildan to 7— 10
yilgacha bo‘lgan o ‘rta muddatli kreditlarni veksellar orqali rasmiylash-
tirgan holda taqdim etadi.
Yirik kredit muassasalari uzoq muddatli xalqaro kreditlarni nazariy
asosda 40 yilgacha, am alda esa 10— 15 yil muddatga taqdim etadi.
M azkur kreditlash turi bilan kapitalni o ‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqa-
rish orqali jalb etuvchi davlat va yarim davlat mulkiy maqomiga ega
maxsus kredit tashkilotlari shug‘ullanadi.
Banklar qiymati b o ‘yicha teng b o ‘lgan tovarlarni o'zaro yetkazib
berishga asoslangan kompensatsion bitimlar yuzasidan uzoq m uddatli
kreditlarni taqdim etadilar. Ushbu turdagi kreditlar hainma vaqt maqsa-
dli xarakterga ega bo'ladi.
Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o'zlash-
tirish uchun m ashina h a m d a jihozlarni 8— 15 yil muddatga kreditga
olgani holda qarz oluvchi mazkur kreditni qurilgan va qurilayotgan
korxonalar mahsulotlari hisobiga so'ndirilishini amalga oshiradi. Kom-
pensatsion bitimlarning farqli to m o n i, ularning keng ko'lam li va uzoq
m uddatli xarakteri ham da eksport va import b itim larining o ‘zaro
bog‘liqligidadir.
Amaliyotda «uzoq muddatli kredit» atamasi kredit muassasalarining
ssudalariga aloqador b o ‘lib qoldi. U zoq muddatli kreditning bir qismi
bo'lib zayomlar, ya’ni davlat va xususiy korxonalar, banklar tom onidan
o ‘z qarz majburiyatlarini chiqarish orqali milliy h a m d a ja h o n ssuda
kapitallari bozorlaridan qarz m ablag‘larini jalb etilishi hisoblanadi.
Uzoq muddatli kredit va zayomlar asosan asosiy kapitalni kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish, mashinalar, jihozlar eksporti, sanoat loyihalarini
sotilishiga xizmat ko'rsatadi.
Budjet mablag'lari hisobdan ajratiladigan uzoq m uddatli (m ud-
datlari 10— 15 yil va bundan ziyod) Xalqaro kreditlarning quyidagi
shakllari farqlanadi:
1) Hukum atning ikki taraflam a kreditlari. Davlatlararo uzoq m u d
datli kredit keng ko‘lamlarda birinchi jaho n urushi paytida vujudga
keldi va o ‘z rivojiga uru sh d a n s o ‘nggi yillarda ega b o ‘ldi. B unda
asosiy kreditor b o ‘lib A Q SH m aydonga chiqdi. N atijada davlatlararo
ziddiyatlarni kuchaytirib yuborgan hukum atlararo qarzdorlik (11 mlrd.
oltin dollarlari, foizlarni hisobga olm aganda) paydo b o ‘ldi. Fransiya
kreditni nemis reparatsiyalari hisobiga, Gernianiya esa A Q S H d a n yangi
kreditlarni olish hisobiga so‘ndirayotgan edi. 1929— 1933-yillar iqtisodiy
inqirozi davri mobaynida G e rm a n iy a va 25 ta boshqa davlatlar qarz
bo'yicha t o ‘lovlarni to'xtatib q o ‘ydi. Ikkinchi jah o n urushi davri m o
baynida hukum atlararo qarzlar sezilarli rol o'y n a m a g a n edi. Harbiy
va boshqa turdagi materiallarning yetkazib berilishi asosan «lend-liz»
(ijara) shartlari asosida, kredit majburiyatlarisiz amalga oshirilayotgan
edi;
2) Xalqaro va hududiy valuta-kredit ham da moliyaviy tashkilot-
larning kreditlari;
3) yordam k o ‘rsatish y o ‘nalishi b o ‘yicha, ushbu y o rd am shakJi
texnik yordam, hadyalar, subsidiyalar bilan birgalikda imtiyozli shartlar
asosidagi zayomlarni ham o ‘z ichiga oladi.
Ayrim holatlarda xalqaro kreditning aralash turi q o ‘llaniladi. M asa-
lan, eksportni kreditlashning odatdagi shakllari yordam k o ‘rsatish bilan
birgalikda amalga oshiriladi. X alqaro kreditning yangi shakllaridan
biri bo'lib bir nechta kredit muassasalari to m o n id an yirik loyihalarni
q o 'sh m a moliyalashtirish hisoblanadi.
20 — O .Y u. R a sh id o v v a bosh.
305
Xalqaro moliya institutlari q o 'sh m a moliyalashtirishning tashab-
buskorlari b o ‘lib m aydonga chiqadi va ular ushbu operatsiyalarga
odatda, loyihaning eng ko‘p foyda keltiradigan qismini imtiyozli asosda
(foiz stavkasi bozor stavkasidan past) moliyalashtiruvchi, xususiy tijorat
banklarini jalb etadi.
Q o 's h m a moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo'llaniladi:
— parallel moliyalashtirish, bund a loyiha turli kreditorlar to-
m onidan ular uchun o'rnatilgan kvotalar m e ’yorida kreditlanadigan
tarkibiy tashkil etuvchilarga bo'linadi;
— o 'z -o 'z in i moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar loyihaning
ijro etilishi mobaynida ssudalarni taqdim etadilar. Kreditorlardan biri
(m enejer-bank) loyihaning tayyorlanishi va amalga oshirilishini m u-
vofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi.
Q o 's h m a moliyalashtirish qarz oluvchiga imtiyozli kreditlarni
olishga yo'l ochgani holda m a ’lum bir imtiyozlarni beradi. Biroq
asosiy imtiyozlarni kreditorlar oladi, chunki bunday kreditlash ssudani
qarzdor to m on id an o'z vaqtida so'ndirilishining qo 'sh im cha kafolatini
beradi. Xususiy banklarning sindikatlari o 'z kreditlarini qarz oluvchi
m am lakatlarga ular to m o n id an XV F yoki HTTB (Xalqaro Taraqqiyot
va T iklanish
Banki)ning kreditlarini olgan taqd ird ag in a taqdim
etadilar. Davlat va xususiy banklar o'rtasidagi ushbu taqsimotning
asosiy maqsadi iqtisodiy ham da siyosiy omillardan kelib chiqqan holda
ssuda k a p ita lla rin in g j a h o n bozo rig a qarz o lu v c h ila r chiqishini
muvofiqlashtirishdir.
Shu sababli xalqaro v a lu ta -k re d it va m oliya tashkilotlarining
kreditlari ikki taraflama hukum at kreditlari ham da ayniqsa xususiy
b a n k la r kreditlari, yevrokreditlarga nisbatan su m m alari bo 'y ich a
kam taro na o 'rin egallasa-da, katta rol o'ynaydi.
Xalqaro uzoq muddatli kreditning shakllaridan biri bo'lib, qimmatli
qo g'ozlar emissiyasi hisoblanadi.
Loyihalarni moliyalashtirish xalqaro uzoq muddatli kreditning
zamonaviy shaklidir. U shbu shakllardan biriga lizing ham kiradi. Lizing
(inglizcha leasing, lease-ijaraga berish so'zidan olingan) lizing beruvchi
to m o n id an lizing oluvchiga m oddiy qimmatliklarni turli muddatlarga
ijaraga taqdim etilishidir.
Faktoring (iglizcha
Do'stlaringiz bilan baham: |